"UzGasTrade" AJ (; ) – O'zbekiston Respublikasidagi tabiiy gazni sotish va sotib olish boʻyicha yagona operator. Oʻzbekistondagi yirik kompaniyalardan biri. Tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish „UzGasTrade“ AJ zimmasiga yuklangan. „UzGasTrade“ AJ, shuningdek, „Hududgaztaʼminot“ AJga va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilarga tabiiy gazni toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida sotish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida koʻzda tutilgan holatlardan tashqari yagona eksport qiluvchi funksiyalarini bajaradi.

2024-yilning 8-fevraliga koʻra „UzGasTrade“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 10 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Tarixi "UzGasTrade" AJ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyuldagi „Tabiiy gaz bozorini isloh qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PQ-280-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Hujjatga asosan tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasi „Oʻztransgaz“ AJ kompaniyasidan „UzGasTrade“ AJ aksiyadorlik jamiyati oʻtkazilgan. UzGasTrade" AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari boʻyicha aksiyador huquqi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Tashkilotning ustav kapitali Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlarining bir qismi hisobidan shakllantirilgan. Rahbariyat Agzamov Alisher Taxirovich – AJ boshqaruv raisi. Tulyaganov Rustam Ergashevich – boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari. Manbalar

Havolalar Rasmiy Instagram sahifasi Rasmiy Telegram sahifasi

Turkum:Oʻzbekiston neft va gaz kompaniyalari Turkum:Oʻzbekiston energetikasi Turkum:Oʻzbekneftgaz Turkum:Toshkent fond birjasida roʻyxatga olingan aksiyalari boʻlgan kompaniyalar Turkum:2022-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar