Akrom Malik (1991-yil, 1-yanvar Toshkent viloyati, Pikent tumani) – navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi. U Jangchi, Xalqa qissalari, „Qalbning ichidagi nur“ risolasi va bir necha asarlar muallifidir.

Ijodi Shoir va yozuvchi Akrom Malik qamoqda ham ilmiy va badiiy ijod bilan shugʻullangan. Uning Jangchi, Xalqa kabi qissalari, „Qalbning ichidagi nur“ risolasi va bir necha sheʼrlari ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka yetib borgan.

Akrom Malik 2016-yil iyul oyi oxirida „Abdulloh Nusrat“ taxallusi ostida Karimov tuzumi haqida yozgan siyosiy-tanqidiy maqolalari jinoyat sifatida baholangan.

Akrom Malikning „Qalbning ichidagi nur“ risolasi Alisher Navoiyning Xamsa dostonidagi „Hayrat ul-abror“ asari matni, sharhi, nasriy bayoni va lugʻatini oʻzida mujassam qilgan birinchi kitobdir. Akrom Malik ushbu kitob haqida fikr bildirar ekan: „Navoiyni oʻzbek xalqi sevadi. Uni ommaga yaqinlashtirishda ushbu kitob yordam beradi. Mening asosiy maqsadim ushbu kitobni 3 jildini ham chop ettirishdir“, deydi. 476 sahifali ushbu risola filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov hamda filologiya boʻyicha falsafa doktori Olim Davlatov muharrirligi ostida „Tamaddun“ nashriyotida 3 ming nusxada chop etilgan.

Qamalishi Akrom Malikov 2016-yil iyul oyida muholifatdagi Muhammad Solih bilan hamkorligi va „Abdulloh Nusrat“ tahallusi ostida yozgan siyosiy-tanqidiy maqolalari jinoyat sifatida baholanib, Milliy xavfsizlik xizmati (hozirda Davlat xavfsizlik xizmati) tomonidan qamoqqa olingan va 2017-yil 13-yanvarda Jinoyat Kodeksining 159-moddasi 3-qismi „a, b“ bandlari („Konstitutsion tuzumga tajovuz“), 244-moddasi 3-qismi „a, v, g“ bandlari („Jamoat xavfsizligiga tahdid“) bilan ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Yozuvchining hibsga olingani haqida maʼlumotlar oradan salkam bir yil oʻtib, ochiqlanadi.

2019-yili Akrom Malik oʻzi saqlanayotgan qamoqxona mahkumlari nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻllagan.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi 48-qamoqxonada jazo muddatini oʻtayotgan yozuvchi 4 yildan soʻng, 2020-yilning 27-avgust kuni Oʻzbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan ozodlikka chiqarilgan.

Yutuqlari 2021-yil 20-may kuni Adiblar xiyobonida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida, Ilhom mukofoti respublika tanlovida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgani uchun Akrom Malikov Spark avtomobili bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar