Joe Henry Engle – (1932-yil 26-avgust – 2024-yil 10-iyul) Amerikalik uchuvchi, aviatsiya muhandisi va NASA astronavti. U 1981-yilda STS-2 ni oʻz ichiga Space Shuttle missiyasining qoʻmondoni boʻlgan. Dastur ikkita parvozni oʻz ichiga olgan. U Shuttle dasturining 1977-yildagi raketalarni boshqarish va qoʻndirish sinovlari doirasida ikkita parvozni amalga oshirgan. Engle Havo kuchlari va NASA tomonidan boshqariladigan tajribaviy kosmik samolyot boʻlgan. Shimoliy Amerika X-15da parvoz qilgan oʻn ikki uchuvchidan biri edi.

X-15 uchuvchisi sifatida Engle 50 mil (≈80km) dan yuqori balandlikda uchta parvozni amalga oshirgan va shu tariqa Amerika tomonidan belgilangan koinot chegarasi oid bitmga koʻra kosmonavt qanotlari koʻkrak nishonini olish muvaffaq boʻlgan. 1966-yilda u NASAning 5-kosmonavtlar guruhiga tanlanib, Apollon dasturiga qoʻshilgan. U Apollon 14 uchun Lunar Module Pilot (LMP) zaxirasida boʻlgan, va Apollon 17 uchun esa LMP sifatida Oyga qadam qoʻyishni rejalashtirgan. Ammo, keyingi parvozlarning bekor qilinishidan soʻng NASA Englening oʻrniga geolog-astronavt Harrison Schmittni Oy uchuvchisi sifatida tanlab olgan.

Hayoti va ijodi

Shaxsiy hayoti va taʼlimi Engle 1932-yil 26-avgustda Kanzas shtatining Abilene shahrida tugʻilgan. U Kanzas shtatining Chapman shahrida voyaga yetib, boshlangʻich va oʻrta maktabni shu yerda oʻqigan. Engle 1950-yilda Dickinson okrugidagi oʻrta maktabni tamomlagan. Joe Boy Scout sifatida faol boʻlib, birinchi darajali unvonga sazovor boʻlgan. 1955-yilda Kanzas universitetida Aerokosmik muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini olgan, u yerda Theta Tau professional muhandislik jamiyatiga aʼzo boʻlgan.

U Kanzas shtatining Mission Hills shahrida yashovchi Mary Catherine Lawrencega (1934–2004) uylangan. Ularning ikkita farzandi va bitta asrab olgan bolalari bor. Mary Catherinening oʻlimidan keyin, u Texasning Hyuston shahridan boʻlgan Jeanie Carterga uylangan. Engle aviatsiyaga (jumladan, Ikkinchi Jahon urushi qiruvchi samolyotlari), ov qilish, sayr qilishga va yengil atletika qiziqqan. U Eksperimental Sinov Uchuvchilari Jamiyatining aʼzosi boʻlib, 2009-yilda ushbu jamiyatning faxriy aʼzosi darajasiga erishgan.

Joe Henry Engle 2024-yil 10-iyulda Texasning Hyuston shahridagi uyida 91 yoshida vafot etgan. Joe Henry Engle bilan birga X-15 ni boshqargan barcha 12 uchuvchining hammasi vafot etgan.

Parvoz tajribasi left|thumb| Engle 1965-yilda X-15 A-2 samolyoti bilan thumb| ARPS III sinf bitiruvchilari. Birinchi qatorda: Ed Givens, Tommi Benefield, Charlie Bassett, Greg Neubeck va Mike Collins . Orqa qatorda: Al Atvell, Neil Garland, Jim Roman, Al Uhalt va Engle Engle AQSH Harbiy-havo kuchlaridagi oʻz lavozimini Kanzas universitetidagi Havo kuchlari zaxira ofitserlarini tayyorlash korpusi orqali qoʻlga kiritgan. Maktabdalik chogʻida Jo Theta Tau aʼzolaidan biri boʻlgan, shu sababli ham u koʻngilli uchuvchi boʻishga ahd qilgan. Yozda Cessna Aircraftda ishlab yurganida, hamkasbi Henry Dittmerdan uchish saboqlarini oʻrgangan.

Engle 1957-yilda aviatsiya maktabiga kirgan. 1958-yilda uchuvchi qanotlarini unvonini olishga sazovor boʻlgan. U F-100 Super Sabreni Kaliforniyadagi Jorjiya havo kuchlari bazasida 474- qiruvchi eskadron va 309-taktik qiruvchi otryad bilan birgalikda parvoz qilgan. Chuck Yeager Engleni USAF xavaskor uchuvchilar maktabiga tavsiya qilgan.

Engle,1963-yilning iyun oyidan boshlab Lyndon B. Johnson kosmik markazi (hozir Lyndon Johnson Kosmik Markaz)ga qabul qilinmagunicha Kaliforniya shtatidagi Edwards havo kuchlari bazasida koʻngili uchuvchi sifatida ish olib borgan. Engle ARPSning talabalari Charles Bassett va Micheal Collins bilan NASA kosmonavtlarining 3-guruhiga kirish uchun ariza bergan, ammo NASA havo kuchlari Englening arizasini rad etgan va Englening oʻrniga uning iltimosiga koʻra X-15 dasturiga Robert M. White tanlab olingan.

Englening ota-onasi 1965-yilning 29-iyun kuni X-15 parvoziga guvoh boʻlishgan; u 16 ta parvozlari davomida parvoz balandligini ikki marta 50 milga oshirilishiga muvaffaq boʻlgan. 1965-yilning 14-oktyabrida boʻlib oʻtgan X-15 ning soʻnggi missiyasida, 153-sonli bepul parvozda (1-61-101) u X-15-da sub-orbital kosmik parvozni amalga oshirgan ikkita uchuvchidan biri boʻlgan. Keyinchalik bu parvoz „dunyoning eng yaxshi parvozi“ deyilishiga qaramay, Engle oyga qadam qoʻyish maqsadida qayta NASAga murojaat qilgan.

Engle oʻz faoliyati davomida 185 dan ortiq turli xildagi samolyotlarda (25 xil qiruvchi) parvozlarni amalga oshirgan, 15 400 soatdan ortiq parvoz vaqtini qayd etishga sazovor boʻlgan, shundan 9 000 soati reaktiv samolyotlarda boʻlgan.

NASAdagi faoliyati left|thumb| Engle, STS-2 missiyasi qoʻmondoni, Truly, uchuvchi bilan Engle 1966-yilning apreliga kelib NASA tomonidan tanlangan 19 ta astronavtdan biriga aylangan. U Apollon 10 da yordamchi uchuvchi vazifasini bajargan. Keyinchalik Joe Apollo 14 missiyasida Oy modulining zaxira uchuvchisi sifatida xizmat qila boshlagan. U Apollo 17 uchun Oy moduli uchuvchisi sifatida Oyga qoʻnishi rejalashtirilgan, ammo Englening oʻrniga geolog Harrison Schmitt tanlangan. Chunki bu ilmiy tadqiqot geologiyani yuzaki biladigan uchuvchi-muhandis tomonidan emas, balki mutaxassis geolog tomonidan olib borilishi kerak boʻlgan.

Englening aytishiga qaraganda, Deke Slayton undan Skylab, Apollo-Soyuz yoki kosmik kemalarning qaysi birida uchishni afzak koʻrishini soʻraganida; Engle samolyotga oʻxshaydigan kosmik kemada uchishni afzal koʻrishini aytib oʻtgan. thumb| Jo Engle Space Shuttle qoʻmondoni sifatida ikkita missiyani amalga oshirdi. thumb| STS-51-I missiyasi ekipaji. Engle pastki chap tomonda. thumb| General-mayor Jo Engle astronavt general Kevin P. Chilton bilan Engle 1977-yilning iyunidan oktyabrigacha kosmik kemaning qoʻnish sinov parvozlarini amalga oshirgan ikki ekipajning qoʻmondonlaridan biri boʻlgan. Enterprise kosmik kemasi Boeing 747 yuk tashuvchi samolyoti yordamida 7,62 km balandlikka olib chiqilgan, soʻngra yerga qoʻndirish maqsadida pastga qoʻyib yuboriladi. Bu shoʻngʻish ikki daqiqa davom etgan. Ushbu parvoz sinovlari davomi Englega Orbiterni boshqarish va qoʻnish mahoratini yaxshilanishi uchun imkon yaratib bergan. U mahoratini Space Shuttledagi subsonik parvozida koʻrrsatib bergan. U kosmik kemasining birinchi orbital sinov parvozi boʻlgan STS-1 ning zaxira qoʻmondonlaridan biri boʻlgan. Uchuvchi, Richard Truly bilan STS-2 kosmik kemasining navbatdagi parvozida qoʻmondon sifatida parvoz qilgan. 2021-yilda Raja Charigacha SpaceX Crew-3 da kosmik parvozni boshqargan soʻnggi NASAning yangi xodimiga aylanib qolgan. U parvozlari davomida STS-51-I missiyasi qoʻmondoni boʻlgan va kosmosda 225 soatdan koʻproq vaqt davomida parvoz qilgani roʻyxatga olingan.

Engle ikki xil qanotli transport vositasi bilan kosmonga uchgan ikki kishidan biri boʻlgan: X-15 da Space Shuttle, STS-2 da esa (boshqa bir odam Frederick W. Sturckow). Engle Shuttle-da qayta kirish va tushish paytida katta miqdorda parvoz sinovlarini qoʻlda oʻtkazgan.

Joe 1982-yilning mart oyidan dekabrigacha NASA bosh markazi kosmik parvozlar boʻyicha maʼmuriy oʻrinbosari boʻlib ishlagan. U oʻzing astronavtlik maqomini saqlab qolgan holda 1983-yilning yanvarida Johnson kosmik markaziga qaytib kelgan. Shuningdek, u 1986-yilda Challanger falokatini tekshirishda ishtirok etgan va 1990-yillarda Shuttleda bir qator ishlarni amalga oshirgan.

NASAdan keyingi faoliyati Engle 1986-yilning 14-noyabrida polkovnik unvoni bilan USAFdan, 1986-yilning 28-noyabrida esa NASAdan nafaqaga chiqqan. 1986-yilning 1-dekabrida u Kanzas gubernatori va Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlari kotibi tomonidan Kanzas havo milliy gvardiyasi generali unvoniga sazovor boʻlgan. Keyinchalik, U general-ad’yutantning maxsus yordamchisi boʻlib ishlagan. 1988-yilning 2-fevralida Harbiy havo kuchlari va Milliy havo gvardiyasi saflari oʻrtasidagi ziddiyat Senat tomonidan togʻirlangan. Keyinchalik u Kolorado shtatidagi Peterson havo kuchlari bosh markazida, Amerika Qoʻshma Shtatlari kosmik qoʻmondonligida va Shimoliy Amerika havo mudofaasi qoʻmondonligida(NORAD) bosh qoʻmondon yordamchisi sifatida xizmat qilgan. Engle 1991-yilda Milliy havo gvardiyasidan general-mayor unvoni bilan nafaqaga chiqqan, bu lavozim Senat tomonidan 1989-yil 22-iyun kuni tasdiqlangan.

1992-yilda Joe Aerokosmik Faxriylari yoʻlagiga kiritilgan. 2001-yilda esa Engle Milliy aviatsiya shon-shuhrat zaliga va AQSh astronavtlari shon-sharaf zaliga kiritilgan.

Mukofot va unvonlari right|thumb| Jo Engle Apollon 14 uchun zaxira Oy moduli uchuvchisi sifatida USAF astronavt nishoni (1964) Mudofaadagi xizmatlari uchun medal – „ajoyib yutuqlari uchun“ Harbiy-havo kuchlarining alohida xizmatlari uchun medali (1985) Muhtaram uchuvchi, ikki marta (1964 va 1978) – „ajoyib yutuqlari uchun“ NASAning „Buyuk xizmatlari uchun medali“ NASAning ikkita kosmik parvoz medali NASAning alohida xizmat medali NASA maxsus muvaffaqiyat mukofoti USAF yilning eng yaxshi yosh ofitseri (1964) Yil Kansani (1964) U. S. Junior Chamber of Commerceʼs one of the Ten Outstanding Young Men of America (1964) Amerika Aeronavtika va Astronavtika Instituti (AIAA) Parvoz Pioneri mukofoti (1965) Parvoz tadqiqotlari uchun AIAA Lourens Sperri mukofoti (1966) Iven C. Kincheloe mukofoti Eksperimental sinov uchuvchilari jamiyati tomonidan berilgan (1977) – Enterpris kosmik kemasini sinovdan oʻtkazishda ishtirok etgani uchun AIAA Haley kosmik parvoz mukofoti (1980) Dr. Robert H. Goddard Memorial kubogi Robert J. Collier kubogi Harmon xalqaro kubogi (1981) University of Kanzas Distinguished Service Citation (1982) Kanzas universiteti muhandislik maktabi taniqli muhandislik xizmati mukofoti (1982) General Thomas D. White USAF kosmik kubogi, 1981 Aerokosmiklar faxriy yoʻlagi, Lancaster, Kaliforniya(1992)

Milliy aviatsiya shon-sharaf zali, Dayton, Ogayo shtati kubogi (2001) AQSh astronavtlari shon-sharaf medali, Florida (2001) Havo kuchlari kosmik va raketa pioneerslarii mukofoti (2007) Xalqaro havo va kosmik shon-sharaf medali (2014)Sprekelmeyer, Linda, editor (2006). These We Honor: The International Aerospace Hall of Fame. Donning Co. Publishers. .

Adabiyotlar

Havolalar Iven C. Kincheloe mukofotlari Jo Engle (Archived, saytida) Milliy aviatsiya shon-sharaf zalida Jo Engle, Kanzas tarixiy jamiyatida

Manbalar

Turkum:2024-yilda vafot etganlar Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:Uchuvchilar