Alèxia Putellas i Segura – 1994-yili 4-fevral Ispaniyada tugʻilgan va Alexia taxallusi bilan tanilgan. Putellas Barselona ayollar futbol klubida markaziy hujumchi, chap qanot hujumchisi pozitsiyalarida oʻynaydi va Futbol boʻyicha Ispaniya ayollar terma jamoasi sardori hisoblanadi. Putellas Barselonaga kelishidan avval Espanyol va Levante jamoalarida faoliyat yuritgan. 2022-yilga qadar koʻplab jamoaviy va individual sovrinlarga ega chiqqan, Putellas ayollar orasida oʻz davrining eng yaxshi futbolchilaridan hisoblanadi. 2022-yili ayollar futboli jurnalisti Asif Burxan Putellasga „ayollar futboliga yangicha oʻyin uslubini olib kirdi“ deb taʼrif bergan.
Putellas Barselona tarkibida 2012-yildan beri faoliyat yuritib keladi. Barselona tarkibida 8 ta Liga kubogini yutib olgan, 8 marotaba Copas de la Reina va uch bor Ayollar UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan. 2020–2021-yilgi mavsumda Barselona ayollar klubi bilan treblni qayd etgan. 2021-yilda trebl qayd etganidan keyin Putellas UEFA 2021-yilning eng yaxshi ayol futbolchisi, Ballon d’Or feminin va FIFAning eng yaxshi ayol futbolchisi individual sovrinlarning barchasini bir yilda qoʻlga kiritgan ayollar futboli tarixda birinchi futbolchiga aylangan. 2022-yili Putellas ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatini tizzasidagi xochsimon toʻqimalar uzilishi jarohati tufayli oʻtkazib yuborgan. Shunga qaramay, yana uchala individual sovrinlarning barchasini qoʻlga kiritgan va ayollar futboli tarixida ilk barcha sovrinlarni ketma-ket qoʻlga kiritgan futbolchiga aylangan.
Putellas Xalqaro maydonda Ispaniya ayollar futbol terma jamoasi tarkibida (2010—2011-yillarda) U17 UEFA Ayollar chempionatida gʻolib boʻlgan va 2012-yili UEFA Ayollar U19 Yevro chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Ispaniya kattalar terma jamoasidagi karyerasini 2013-yili UEFA Ayollar Yevro chempionatida boshlagan, shundan keyin terma jamoa tarkibidagi boshqa xalqaro chempionatlarda ham ishtirok etgan. 2015-yili FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati, 2017-yilgi Yevro chempionati, 2019-yilgi Jahon chempionatida qatnashgan va 2023-yili oʻtkazilgan Ayollar Jahon chempionatida gʻalaba qozongan. 2023—2024-yilgi Ayollar oʻrtasidagi Millatlar ligasini Ispaniya tema jamoasi sardori sifatida oʻtkazgan.
2023-yili oktyabr oyi statistikasi boʻyicha Putellas Barselona tarkibida eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha Melanie Serranodan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan, keyinchalik Barselonaning barcha davrlardagi eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Shuningdek Marta Torrejónning 90 ta oʻyinda maydonga tushib, Ispaniya terma jamoasidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha qoʻygan rekordini 114 ta oʻyinda maydonga tushgan holda yangilagan.
Yoshlik davri va taʼlim Alèxia Putellas i Segura 1994-yil 4-fevral Barcelonaning Mollet del Vallès provinsiyasida Jaume Putellas Rota va Elisabet „Eli“ Segura Sabaté oilasida tugʻilgan. Yoshligidan futbolga qiziqiqqan, shuning uchun otasi uni Camp Nou stadionida Barselona oʻyinlarini tomosha qilishga olib borgan. Shuningdek, La Bolera qahvaxonasida oilaviy futbol oʻyinlarini tomosha qilishgan. Soʻzlariga qaraganda, amakivachchasi Real Madrid klubi muxlisi boʻlishiga qaramay, oʻzining jamoasini qoʻllab-quvvatlashdan toʻxtamagan. Yoshligidan Putellas Barselona futbolchilaridan Andrés Iniesta, Rivaldo, Ronaldinho va ayollardan Olimpik Lion klubida oʻynagan Louisa Nécibga muxlislik qilgan.
Putellas basketbolchilar oilasida tugʻilgan va yoshligida futboldan tashqari basketbol, tennisga bilan ham shugʻullangan. Maktabda futbol oʻynashni boshlagan, 2001-yili futbol klubiga qoʻshilishidan oldin Xavining ikki haftalik yozgi lagerlariga qatnashgan. Oyisi unga maktabda oʻgʻil bolalar bilan futbol oʻynashni toʻxtatishi sharti bilan futbol jamoasiga qoʻshilishiga rozi boʻlgan. U oʻgʻil bolalar bilan futbol oʻynashdan uyalmagan, xattoki ular ichida lider kabi harakat qilgan. Putellas maktabda futbol oʻynashni yoqtirardi, oʻzining qobiliyatlariga qaramasdan, u hali futbol faoliyati haqida oʻylab koʻrmagan edi. Putellasning birinchi jamoasi CF Mollet UE oʻgʻil bolalar klubi boʻlgan, klubda 3 ta mashgʻulot oʻtkazganidan keyin u yerga boshqa bormasligini va mashgʻulotlar muhiti unga yoqmaganini aytgan. Shundan soʻng Sabadell qizlar jamoasida shugʻullana boshagan.
2013-yil Putellas Biznes boshqaruvi va menejment sohasi boʻyicha Barselona shahridagi Pompeu Fabra Universitetida oʻqishni boshlagan, keyin oʻqishdan taʼtil olib, bor eʼtiborini yana futbolga qaratgan.
Klubdagi faoliyati
Faoliyatining boshlanishi Yetti yoshida Sabadell klubida oʻynashni boshlagan. Sabadelda Putellas Barselonadagi jamoadoshlari Viki Losada va Marta Korrederalar bilan birga toʻp surgan. Jamoadoshlaridan bir necha yoshga kichik boʻlishiga qaramay, Putellas jamoa sardori boʻlgan. Jussasi boshqalarga qaraganda kichikroq boʻlgani bois uzoqdan zarbalar bera olmagan. Sport ommaviy axboroti yoshlik davridan Putellas maydondagi boʻsh pozitsiyalarni yaxshi egallagani uchun muvaffaqiyatli oʻyin oʻtkazgan deyishadi. Sabadel Putellas uchun yaqin atrofdagi yagona ayollar boʻlimi bor klub boʻlgan. Putellas oʻynagan payt klub gullab yashnaganiga qaramay, ayollar jamoasi klub direktorlari uchun muhim ahamiyat kasb etmagan. Putellasning mashgʻulotlarini taʼminlash oilasi uchun qiyinchiliklar tugʻdirgan.
Barselona, 2005–2006 2005-yili Putellas Barselona yoshlar jamoasida bir yilini oʻtkazgan. Jamoa bilan Putellas 2005-yilgi Copa Catalunya va liga chempionatlarini yutgan. Barselonada oʻynash Putellasning orzusi edi, ammo Barselonada Putellasning yoshidagi qizlar jamoasini tarqatib yuborilgan va Putellas jamoani tark etgan. 2006-yili murabbiylikni boshlagan Xavi Liorens: „Putellasning qaytishiga ishonardim, faqat buning uchun eng yaxshi vaqtni kutish kerak edi“ deb aytib oʻtgan. Putellas boshqa klubni tark etgan jamoadoshlariga oʻxshab Barselona shahridagi Espanyol klubiga oʻtgan.
Espanyol, 2006–2011 thumb|2010 – yilgi Copa de la Reinani yutgan Putellas Espanioldagi jamoadoshlari bilan. Putellas Espanyol ayollar jamoasiga 12 yoshida qoʻshilgan. Oʻsha davrlarda Espanyol ayollar jamoasi Ispaniyada eng yaxshi akademiya shakllantirgan jamoa edi. Barselonada birga toʻp surayotgan jamoadoshlari Marta Torrejón va Andrea Pereiralar bilan Espanyolda ham birga oʻynagan. 2007-yili Espanyol Cadet jamoasi yoshlar Copa Catalunya kubogini va mavsum oxiriga kelib, 2008-yili Liga chempionatini yutgan. 2008-yili Putellas 14 yoshlilar uchun Espanyol B jamoasiga oʻtgan va Espanyolning asosiy jamoasida 2010-yili 16 yoshida debyut qilgan. Espanyol 2010-yili Copa de la Reina finalida Rayo Vallecanoni 3:1 hisobida magʻlub qilganida Putellas jamoa tarkibida boʻlgan. Espanyol bilan 2011-yil Copa de la Reina finalida Barselonaga 2:1 xisobida magʻlub boʻlgan. Espanyol tarkibida toʻp surgan davrida Putellas Ispaniyaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.
Levante, 2011–2012-yillar Ispaniya yoshlar terma jamoasida xalqaro yutuqlarga erishganidan soʻng Puttelas yulduz deb eʼtirof qilina boshlangan. 2011-yili Copa de la Reina finalidan soʻng Valencia shahrining Levante klubiga oʻtgan va sermaxsul mavsum oʻtkazgan. Levante 2012-yilgi Copa de la Reina kubogini yuta olmagan. Putellas 2011—2012-yilgi mavsumda klub tarkibida barcha oʻyinlarda qatnashgan va 34 ta oʻyinda 15 ta gol urib, mavsumni klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida muvaffaqiyatli yakunlagan. Klub bosh murabbiyi Antonio Conrerasning maydonda markazlashib oʻynash, dribling, oʻyinni oʻqish kabi taktik va individual koʻrsatmalari Putellesga oʻyinini yaxshilashida yordam bergan. Antonio Conrerasning aytishicha, Putellas klubga qoʻshilishi bilanoq yuqori sifatda oʻynagan va jamoadoshlaridan koʻra yaxshi taasurot qoldirgan.
Barcelona
2012–2013 thumb|Putellas 2016-yilda Barselona tarkibida Liorens va Barselona Putellasning oʻyinlarini klub akademiyasini tark etganidan boshlab kuzatgan, 2012-yili Levanteda sovrinsiz mavsum oʻtkazgani va otasining oʻlimidan soʻng, Putellasga Barselonaga qaytish taklif qilingan. Putellas Barselona taklifini qabul qilgan va 2012-yil 10-iyul sanasida hujumchi sifatida klub bilan shartnoma imzolagan. Klubga qoʻshilgan mavsumining oʻzidanoq samarali oʻyinlar koʻrsatib, mavsumning koʻplab oʻyinlarida maydonga tushgan. Barselona ayollar jamoasi oʻtkan mavsumda erishgan oʻz tarixidagi ilk Liga chempionligidan soʻng, UEFA Ayollar Chempionlar ligasida qatnashish huquqiga ega boʻlgan. 2012-yil 26-sentyabrda Putellas UEFA Ayollar Chempionlar ligasida Arsenalga qarshi uy uchrashuvida debyut qilgan va uchrashuv 0:3 hisobida boy berilgan. Safar uchrashuvida Barselona 0:4 hisobida Arsenal tomonidan tor-mor qilingan va oʻzining ilk chempionlar ligasi debyutini chempionatning nimchorak bosqichida yakunlagan.
2014-yilga kelib, Putellasga Barselona klubi va Ispaniya terma jamoasining kelajagi sifatida qarala boshlangan. 2014-yilgi Copa de la Reina chempionatining har bir bosqichda gol urgan. Yarim finalda 3:1 hisobida Barselona gʻalabasi uchun gollardan biriga mualliflik qilgan va Atletik Bilbaoga qarshi final uchrashuvida jarima maydonchasi tashqarisidan urgan goli klubni penaltilar seriyasiga olib chiqqan, penaltilar seriyasida Putellas jamoasi uchun soʻngi hal qiluvchi golni kiritgan va Barselona bilan oʻzining beshinchi kubogini qoʻlga kiritgan. Putellas ketma-ket ikkinchi martta Copa de la Reina chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.
2013–2014 2014-yil mart oyida Barselona Ayollar Chempionlar ligasida chorak finalga chiqqan birinchi ispan jamoasiga aylangan. Putellas chempion Wolfsburgga qarshi oʻyin juda qiyin oʻtishi mumkinligini aytib oʻtgan va oʻyin kutilganidek 0:5 hisobida Wolfsburg foydasiga yakunlangan. Natijada, Barselona Chempionlik poygasini tark etgan. 13-aprel sanasida Barselona 27 ta magʻlubiyatsiz seriya qayd etib, oʻzining navbatdagi Liga chempionligiga erishgan. Putellas uchun bu klub bilan erishilgan ikkinchi Liga chempionligi boʻlgan. Oʻzining yuqori sifatli dribling va aldamchi harakatlari bilan boshqa futbolchilardan ajralib turgan Putellas mavsumni aʼlo darajadagi formada yakunlagan.
2013-yil 5-mayda Putellas Barselona tarkibidagi oʻzining ilk Liga chempionligini qoʻlga kiritgan. Soʻngi oʻyinda 25.000 muxlis oldida Atletik Bilbao ustidan 2:1 hisobida erishilgan gʻalaba haqida 2021-yil matbuot anjumanida final oʻyini faoliyatidagi eng unutilmas oʻyin boʻlganini aytib oʻtgan. 2013-yili Copa de la Reina finalida Prainsa Zaragozaga qarshi gol urgan, Putellasning goli Ispan matbuoti tomonidan chempionatning eng chiroyli goli deb eʼtirof etilgan. Mavsum oxirida Putellas chempionatning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.
2014–2015 Putellas Chempionlar ligasidagi ilk golini nimchorak final bosqichida Slavia Prague klubi darvozasiga kiritgan, ammo chorak finalda Barselona 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan. Barselona tarkibidagi uchinchi Liga chempionligini 2015-yili aprel oyida qoʻlga kiritgan. May oyida uni Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibga ilk bor markaziy hujumchi sifatida taklif qilishgan.
2015–2016 right|thumb|Putellas 2012 – yili Levanteni tark etib Barselona tarkibiga qoʻshilgan. Barselona 2016-yilgi mavsum boshidan toʻlliq professional ayollar klubi maqomiga erishgan, Klub direktorlari ayollar jamoasiga Ciutat Esportivada mashgʻulotlar oʻtkazishiga rasman ruxsat bergan.
Putellas 2015—2016-yilgi UEFA ayollar oʻrtasidagi Chempionlar ligasidagi BIIK Kazygurt jamoasiga qarshi birinchi oʻyinni oʻtkazib yuborgan va javob uchrashuvida maydonga tushib Barselona bilan yirik 4:0 hisobida gʻalabaga erishgan, oʻyin davomida Putellas ikkita golli uzatma amalga oshirgan.
Navbatdagi chorak finalda Barselona Paris Saint Germain klubiga imkoniyatni boy bergan. Putellas magʻlubiyatdan soʻng oʻz intervyusida Barselonaga kelgan birinchi mavsumida Chempionlar ligasida qatnashish ajoyib ekanini aytganini eslab, keyingi 3-4 yil ichida chempionatni yutish va PSGdek klublarga munosib qarshilik koʻrsata oladigan jamoa shakllanishiga umid qilishini aytgan.