Jessica Learmonth MBE (talaffuzi: Jessika Lermont; 1988-yil 18-aprelda tugʻilgan) – britaniyalik triatlonchi. Learmonth Angliyaning Lids shahrida joylashgan Lids triatlon markazida mashq qilib, Yevropa, Hamdoʻstlik, Olimpiada oʻyinlari va Jahon triatlon seriyalari medallari sovrindori boʻlgan. U 2017-yilda triatlon boʻyicha Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi va 2018-yilda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Learmonth 2018-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida ayollar va aralash estafeta bahslarida qatnashib, ikkala yoʻnalishda ham kumush medallar sovrindori boʻlgan. U, shuningdek, 2019-yilgi Jahon triatlon seriyasida ham kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2021-yilda Learmonth 2020-yilgi Tokioda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida triatlon boʻyicha aralash estafetada oltin medalga ega boʻldi. Shuningdek, u 2021-yilgi Triatlon Superligasi chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan.

Yoshligi Learmonth 1988-yil 18-aprelda Angliyaning Lids shahriga qarashli Bramham qishlogʻida tugʻilgan.

City of Leeds suzish klubi safiga kirish uchun kurashayotganda Learmonth milliy chempionatning erkin uslubda suzish medalini qoʻlga kiritgan. U, shuningdek, Wetherby Golf klubida golf bilan shugʻullangan va triatlonga oʻtishdan oldin Leeds United Ladies akademiyasi safida futbol oʻynagan.

Faoliyati Learmonthning triatlon bilan muntazam shugʻullangan birinchi yili 2012-yilda boʻlgan va u 2015-yilda jahon miqyosidagi sportchilar guruhiga qoʻshilgan. Bir necha yillik triatlon poygalaridan soʻng, Learmonth 2016-yilda ilk Yevrokubok gʻalabasi bilan Elita sahnasiga chiqdi. 2017-yilgi triatlon mavsumida u ETU Yevropa chempionligini qoʻlga kiritdi va ITU Jahon triatlon seriyasidagi ikkita shohsupaga, yaʼni ITU Jahon triatloni Stokgolm musobaqasida kumush medal va ITU Jahon triatloni Grand finali Rotterdam musobaqasida bronza medaliga ega chiqqan.

Learmonth 2018-yilgi Gold Coastdagi Hamdoʻstlik oʻyinlarida Angliya terma jamoasini himoya qildi va birinchi marta yirik koʻp sport oʻyinlarida yakkalik hamda aralash estafeta musobaqalarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u Glazgodagi Yevropa chempionatining kumush medaliga sazovor boʻldi va Jahon triatlon seriyasida 5-oʻrinni egalladi.

U 2019-yilda MS Amlin Jahon triatloni Bermuda musobaqasida ikkinchi oʻrin, AJ Bell Jahon triatloni Lids va Groupe Copley Jahon triatloni Monreal musobaqalarida uchinchi oʻrinni egallab, bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Biroq, Learmonthning bu yildagi eng katta yutugʻi Lozannada boʻlib oʻtgan ITU Jahon triatloni Grand finalida qoʻlga kiritgan kumush medal boʻldi.

Learmonth, shuningdek, 2019-yil Tokioda oʻtkazilgan ITU Jahon triatloni aralash estafeta seriyasida kumush medalni qoʻlga kiritgan Britaniya aralash estafeta jamoalari tarkibida boʻlgan. 2020-yilda u Rotterdamda ilk marta boʻlib oʻtgan Triatlon Superligasi Arena oʻyinlarida gʻolib chiqdi. Learmonth 2022-yilda Londonda oʻtkazilgan Triatlon boʻyicha Arena oʻyinlarida Cassandre Beaugrand va Beth Potterdan keyin 3-oʻrinni egalladi.

2021-yilda Learmonth 2020-yilgi Tokioda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida triatlon boʻyicha aralash estafetada oltin medalni qoʻlga kiritgan jamoaning tarkibida boʻlgan. Shuningdek, u 2021-yilgi Triatlon boʻyicha Superliga chempionatida 2-oʻrinni egalladi. 4 ta chempionat seriyasining 3 tasida gʻalaba qozonganiga qaramay, bu Learmonthga Malibudagi seriya finalida Georgia Taylor-Brownning umumiy gʻalabasidan oʻzib keta olish uchun yetarli boʻlmagan va u seriyani 4-oʻrinda yakunlagan.

Learmonth triatlon boʻyicha xizmatlari uchun 2022-yilgi Yangi yil taqdirlash marosimida Britaniya imperiyasi ordeni (MBE) aʼzosi etib tayinlangan.

Manbalar

Havolalar Jessica Learmonth British Triathlonda Turkum:Britaniya imperiyasi ordeni sohiblari Turkum:Ayol sportchilar