Sunni Choy (1988 -yil 10-noyabrda tugʻilgan) – 2024 -yilgi Yozgi Olimpiada musobaqasida bellashmoqchi boʻlgan amerikalik akrobatik raqqosa. U uzoq muddatli tanaffusga chiqishidan oldin, Estée Lauderda yoshlar gimnastikachisi va rejissyor sifatida faoliyat yuritgan. Choy 2022 -yilgi Jahon oʻyinlarida raqs sporti musobaqasida ishtirok etgan va u B-Girls musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2023 -yilda u Panamerika oʻyinlarida akrobatik raqqosalik boʻyicha berilgan birinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shu sababli, u Olimpiada oʻyinlarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan birinchi amerikalik ayol boʻldi.

Hayoti va taʼlimi Sunni Choy 1988- yil 10-noyabrda Tennessi shtatining Kukvill shahrida toʻrt farzandning uchinchisi boʻlib tugʻilgan. Uning ota-onasi Jung-In va Kyung-Ju Choy Janubiy Koreyaning Tegu shahridan Tennessi universitetiga doktorantura darajasida oʻqish uchun koʻchib kelishgan, Jung-In esa Sunni tugʻilganda Tennessee Tech universitetida statistika fanidan dars berar edi.  Uning taxallusi „Quyoshli“ boʻlib, Sunni tugʻilganidan beri oilasi uni shunday atagan. Yetti yoshida uning oilasi Luisvilga koʻchib oʻtadi. Choy yoshligidanoq gimnastikaga qiziqish bildirgan, bunga 1992 -yilgi Olimpiya oʻyinlarining ayollar oʻrtasidagi musobaqalarini uch yoshida tomosha qilish sabab boʻlgan. U hatto 12 yoshida Olimpiadada qatnashishni oʻylagan, ammo oilasi bunga qarshilik qilgan. Biroq tizzasidan olgan jarohati unga ruhiy tushkunlik davrlarini keltirib chiqardi.  Choy Pensilvaniya universitetining Uorton maktabida biznes boʻyicha oʻqishga qaror qildi. U gimnastika jamoasiga qoʻshilgan boʻlsa-da, keyingi jarohatlar tufayli uni tark etishga majbur boʻldi. Biroq Choy universitet klubida raqsga tushayotgan boshqa talabalarni koʻrib, bu ishni davom ettirishga shijoat topdi.

Karyera 2012- yilda Choy Nyu-Yorkning Kvins shahriga koʻchib oʻtdi va hozirgacha u yerda yashaydi.  Choy 2014- yilga kelib xalqaro akrobatik raqqosa musobaqalarida qatnasha boshladi va 2019 – yilgi oʻyinlarda kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2022 yilgi Jahon oʻyinlarining raqs sporti musobaqasida Choy B-Girls musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2023- yil yanvar oyida, gʻalabasidan olti oy oʻtgach, u Estée Lauderni tark etdi. 2023-yilgi Panamerika oʻyinlarida Choy oltin medalni qoʻlga kiritdi va shu tariqa 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida yangi joriy etilgan akrobatik raqqosa musobaqasiga yoʻllanma oldi va buni amalga oshirgan birinchi amerikalik ayol boʻldi.

Manba

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yengil atletikachilar Turkum:Akrobatlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar