Qorabog‘ Universiteti – Ozarbayjon Respublikasi Fan va Ta’lim vazirligi tasarrufida bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi. Ozarbayjondagi Qorabog‘ iqtisodiy tumanining Xonkandi shahrida joylashgan.
Tarixi Qorabog‘da oliy ta’lim an’anasi tarixan mavjud bo‘lgan. Qorabog‘dagi ilk oliy ta’lim muassasasi 1969-yili Ozarbayjon Pedagogika instituti filiali sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 1973-yildan 1988-yilgacha oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat olib borgan. Keyinchalik mazkur o‘quv yurti ishg‘ol davrida o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
2023-yilning sentabr oyida olib borilgan aksilterror operatsiyasi natijasida Ozarbayjon Xonkandi shahri ustidan o‘z nazoratni to‘liq tikladi. Bu ishlardan keyin Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabr kunidagi Farmoni asosida Qorabog‘ Universitetining tashkil etilishi haqidagi qaror qabul qilingan edi. Yangi tashkil etilgan Qorabog‘ Universitetida dars jarayonlari 2024-yil 15-sentabrdan boshlanishi nazarda tutilgan.
Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yl 6-fevraldagi qarori bilan Qorabog‘ Universitetining Ustavi tasdiqlangan.
Prezident Ilhom Aliyevning 2024-yil 15-fevraldagi farmoni bilan Qorabog‘ Universitetining faoliyatini tashkil qilish uchun Ozarbayjon Respublikasi Fan va Ta’lim vazirligiga Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining zaxira fondidan 10 million manat miqdorida mablag‘ ajratilgan.
2024-yil 20-mayda Shahin Bayramov universitet rektori etib tayinlandi. Rektor qaroriga binoan Kaklik Go‘zalova Pedagogika fakultetiga, Elmar Mustafoyev Ijtimoiy fanlar fakultetiga, Turkar Qosimzoda esa San’at fakultetiga dekan etib tayinlandi.
Fakultetlar Universitetda pedagogika, iqtisodiyot, gumanitar va ijtimoiy fanlar, muhandislik, san’at, turizm bilan 6 ta fakultet bo‘yicha bakalavriat darslarini tashkil etish rejalashtirilgan/
Dekanlar
Muhandislik fakulteti – Husayn Mirzayev Pedagogika fakulteti – Kaklik Go‘zalova ijtimoiy fanlar fakulteti – Elmar Mustafoyev
San’at fakulteti – Turkar Qosimzoda
Mutaxassisliklar Bakalavrda 20 ta mutaxassislik bo'yicha o'qish rejalashtirilgan. Shuningdek, magistratura, doktorantura tashkil etish rejalashtirilgan. Pedagogik mutaxassisliklar ustuvor hisoblanadi..
Tavsiya etilgan mutaxassisliklar: Boshlang'ich sinflarda o'qitish Maktabgacha ta'lim Matematikani o'qitish Informatika fanini o'qitish Tuzatish ta'limotini o'qitish Axborot texnologiyalarini o'qitish Ta'limdagi ijtimoiy-psixologik xizmat Axborot texnologiyalari Informatika Kompyuter muhandisligi Oziq-ovqat muhandisligi Shaharsozlik Qurilish muhandisligi Xalqaro munosabatlar Hududshunoslik Tarix Aloqa va raqamli media Xalqaro savdo va logistika Biznesni boshqarish Iqtisodiyot Moliyaviy marketing Boshqaruv Buxgalteriya hisobi Turistik biznesni tashkil etish va turistik qo'llanma
Keyingi bosqichlarda mutaxassisliklarni tanlashni ko'paytirish ko'zda tutilgan.
Eslatmalar