Rashid Malikov – oʻzbek aktyori, rejissyori, ssenariynavisi, „Oʻzbekkino“ badiiy kengashi va Rossiya Kinematograflar gildiyasi aʼzosi. U „Chinor ostidagi duel“ va „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ filmlarida aktyorlik, „Tog‘a“, „Sabot“ va „Tutqunlik“ filmlarida esa rejissyorlik qilgan. Hayoti Rashid Malikov 1958-yil 3-iyulda Moskva shahrida shifokorlar oilasida tavallud topgan. Malikovning otasi stomatolog, onasi shifokor boʻlgan. U dastlab, shifokor boʻlishni orzu qilgan va 1975-yil Toshkent tibbiyot institutiga oʻqishga kirgan, 1980-yilda uni tamomlagan. Ammo, u hech qachon tibbiyot sohasida ishlamagan. 1981-1986-yillari Malikov Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissyorlik fakultetida tahsil olgan. 1985-yil „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ va „Suyunchi“ filmlarida kichik epizodlarni ijro etgan. 1986-yil kinematografiya institutini tugatib, Oʻzbekistonga qaytib kelgan. Uning aktyorlik faoliyati 1979-yilda „Chinor ostidagi duel“ filmidagi „Nortoy“ bosh rolini ijro etishdan boshlangan. 1993-yilda Rashid Malikov AQShda Film in USA dasturi doirasida malaka oshirgan.
Ijodi 1987-yilda Rashid Malikov oʻzi ssenariylashtirgan „Klinika“ badiiy filmiga rejissyorlik qilgan.
2013-yilda Malikov Timofey Tribuntsev, Svetlana Ivanova va Ilya Lyubimov qatnashgan „Jenskiy den“ romantik komediya filmiga rejissyorlik qilgan.
2017-yilda suratga olingan „Sabot“ badiiy filmiga Malikov rejissyorlik qilgan. Film 2018-yil Rossiya xalqaro kinofestivalida taqdim etilgan va moskvalik tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻlgan.
2018-yilda Muhlisa Azizova tomonidan suratga olingan, Rashid Malikov, Abduhamil Sodiqov va Bob Underwoodlar jangari, drama va triller janrlardagi Scorpion filmining ssenariynavislari hisoblanadi.
2021-yilda suratga olingan, drama janriga oid Tutqunlik badiiy filmiga Rashid Malikov bosh rejissyorlik qilgan.
Filmografiyasi Rejissor Yil Nom Janr 1986 Pravila xoroshego tona Qisqa metrajli film 1987 Klinika Drama 1989 Neveroyatniy sluchay Fantastika, komediya 1991 Polunochniy blyuz Melodrama, detektiv 1992 Tayna paporotnikov Drama 1992 Qirq quloq siri Drama 1997 Peshiy Drama 2008 Konstantinopol 2008 Planeta pravoslaviya Hujjatli film 2009 Utrenniy veter 2013 Jenskiy den Melodrama, komediya 2014 Togʻa 2017 Svideteli Detektiv 2018 Sabot Drama 2019 Sumbul 2021 Tutqunlik Drama, jangari, tarixiy film 2024 Paxta Drama 2024 Qariqiz
Aktyor + Yil Film Rol Janr1979 Chinor ostidagi duel Nortoy Melodrama1979 Loshadi pod lunoy Oktam1980 Afsonaviy qiz Abduvahob Tarixiy film1982 Suyunchi Student Drama1984 Kelinlar qoʻzgʻaloni Toʻxtasin Melodrama1986 O tom, chego ne bilo Drama1989 Vojd na odnu smenu Drama1992 Nulevoy variant Xodjayev Jangari film1997 Piyoda Drama2002 Drongo Jangari film2007 Sogʻinch soxili Drama
Mukofotlari Rashid Malikov 1986-yil „Pravila xoroshego tona“ qisqa metrajli filmi uchun Moskva yosh kinematograflar festivali mukofotini, 1988-yil „Klinika“ filmi uchun Lenin Komsomoli mukofotini, 1991-yil „Tungi blyuz“ filimi uchun Ashxobod xalqaro kinofestivalining bosh mukofotini, 2014-yil „Togʻa“ nomli filmi uchun Rossiyadagi „V krugu semi“ xalqaro kinofestivalining bosh mukofotini, 2018-yil „Sabot“ filmi uchun Rossiya kinematografchilari ittifoqining kinoshunoslar va kinotanqidchilar gildiyasi sovrinini, Kinoklublar federatsiyasi diplomini qoʻlga kiritgan. Malikov 2019-yil „Sabot“ filmida rejissyorligi uchun „Eng yaxshi rejissorlik ishi“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan. 2022-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida Rashid Malikov „Do‘stlik“ ordeni bilan mukofotlangan.
Rashid Malikovning kinoteatrlarning kelajagi haqida Gazeta.uz muxbiriga bergan intervyusidan:
Mening shaxsiy bashoratim shuki, vaqti kelib kinoteatrlar ommaviy ravishda yopiladi va filmlar Netflix kabi striming platformalariga oʻtadi.
Shaxsiy hayoti Rashid Malikov ikki farzandning otasi. Ularning biri qiz, biri oʻgʻil.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar Rashid Malikov IMDbda Malikov oʻynagan, rejissorlik qilgan va ssenariy yozgan filmlar roʻyxati
Turkum:Oʻzbek kinosi Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar Turkum:1958-yilda tugʻilganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik rejissyorlar Turkum:O‘zbekiston kinorejissyorlari Turkum:3-iyulda tugʻilganlar Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Oʻzbekfilm kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik ssenariychilar Turkum:Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik kinematografistlar Turkum:Butunrossiya davlat kinematografiya instituti bitiruvchilari