Munjih (yoki Munhij) ibn Sahm () – Karbalo jangi shahidlaridan biri.
Nasabi Husayn ibn Ali Munjihning onasini Nufil ibn Horis ibn Abdulmuttalibdan qul qilib sotib olgan. U Munjihning otasi boʻlgan Sahm ismli boshqa bir qulga turmushga chiqqan. Munhijning oʻzi esa Ali ibn Husayn Zayn al-Abidinning xizmatkori boʻlgan.
Husayn oilasi bilan Madinani tark etib, Makkaga tomon yoʻl olganda Munjih ham onasi bilan Madinani tark etgan.
Ashuro kuni Ibn Shahr Ashubning yozishicha, dushmanning birinchi hujumi paytida Ali ibn Abu Tolib va Husaynning 10 nafar quli shahid boʻlgan. Munjih qotilining ismi Hasan ibn Bakr al-Hanzoliy edi. Munjihning nomi „Ziyara ash-Shuhada“da Karbalo jangi shahidlaridan biri sifatida alohida qayd etilgan.
Manbalar
Turkum:Karbalo jangida vafot etganlar Turkum:Husayn ibn Ali Turkum:680-yilda vafot etganlar