Glukoza (haqiqiy ismi – Natalya Ilinichna Chistyakova-Ionova; 1986-yil 7-iyun, Moskva) – rossiyalik pop qoʻshiqchisi, kino va dublyaj aktrisasi, teleboshlovchi.
Xonandaning „Glukoza Nostra“ debyut albomi „Record’“ mukofoti boʻyicha 2004-yilning eng yaxshi albomi deb topildi va „Nevesta“ va „Nenaviju“ singllari Rossiya va Ukraina xit-paradlarida birinchi oʻrinni egalladi.
Faoliyati davomida MDH va Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida mashhurlikka erishdi, koʻplab Rossiya va xalqaro musiqa mukofotlari, jumladan, „Zvukovaya dorojka“, „Premiya Muz-TV“, „Oltin grammofon“, „MTV Europe Music Awards“ va „Pesnya goda“ festivali laureati boʻldi.
2012-yilda Natalya „Tansi so zvezdami“ tanlovida ishtirok etib, 1-oʻrinni egalladi.
Natalya Ilinichna Ionova 1986-yil 7-iyunda Moskvada tugʻilgan.
1993-yilda yetti yoshida musiqa maktabiga pianino sinfiga oʻqishga kirdi, ammo bir yildan soʻng uni tashlab ketdi. Bolaligida shaxmatdan tortib baletgacha boʻlgan koʻplab maktab toʻgaraklarida qatnashgan. Natalya Moskvadagi 308-oʻrta maktabda 9-sinfgacha oʻqidi.
11 yoshida Birinchi kanalda „Yeralash“ bolalar telejurnalida ishtirok etish uchun kastingdan oʻtdi. Keyingi yillar davomida telejurnalning bir nechta seriyalarida, shu jumladan 1997-yilda „Poganklar“da ishtirok etdi. „Nepriyatnoe izvestie“ seriyasida Natalya kastingsiz tasdiqlandi.
1999-yilda Natalya Vladimir Alenikovning „Voyna Prinsessi“ filmida rol oʻynadi, unda Natalya bosh rolga tasdiqlandi.
2024-yil 20-iyul kuni Krasnoyarskda metallurglar kuniga bagʻishlangan konsert doirasida Natalya Chistyakova-Ionova metallurgiya sanoati xodimlari uchun konsert berdi. Tomoshabinlarning guvohlik berishicha, qoʻshiqchi qoʻshiqlarni ijro etish jarayonida fonogramma ostida kuylagan, ehtimol alkogol yoki giyohvand moddalarning kuchli taʼsiri ostida boʻlgan, behayo soʻkishlardan foydalangan va oʻzini nooʻrin tutgan. Vaziyatni Ionova bilan birga ishlagan prodyuser Maksim Fadeyev qoraladi, u „Glukoza“ taxallusidan foydalanishni taqiqlash, shuningdek, qoʻshiqlarni ijro etish uchun sudga daʼvo qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, konsert tashkilotchilaridan ham daʼvo arizasi berilgan.
Manbalar
Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Moskvada tugʻilganlar