2024-yil 17-oktyabrda Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) tomonidan 16-oktyabr kuni Gʻazo sektorining janubidagi Rafah shahrida 828-Bislamach brigadasi bilan boʻlgan otishmada Hamas aʼzolaridan 3 kishi halok boʻlgani va ularning ichida Hamasning amaldagi rahbari Yahyo Sinvar boʻlishi mumkinligini eʼlon qiladi. Keyinchalik esa bu xabar Isroil tomonidan oʻldirilganlarning DNK namunalari oʻrganilganda Yahyo Sinvarning halok boʻlganligi tasdiqlanadi. Soʻngra Isroil mudofaa kuchlari Yahyo Sinvarning oʻldirilishidan bir necha daqiqa avval dron tomonidan tasvirga olingan kadrni namoyish qildi.

Oʻldirish thumb|Yaralangan Yahyo Sinvar kursida oʻtirgan holatda qurolli toʻqnashuvdan soʻng binoni tekshirish uchun yuborilgan dronga tikilib qarab, unga tayoq irgʻitgan. Yahyo Sinvar Tal Al-Sulton hududini tintuv qilayotgan Isroil piyoda askarlari tomonidan tasodifan topib olinadi. Harbiylar 3 nafar odam binolar orasida harakatlanayotganini koʻrib qoladi va otishma boshlanadi. Sinvar boshqa vayrona bino tomonga qochadi, lekin dron uni sezib qoladi va u berkingan binoga uchib kiradi. Dron tasvirlarida Sinvar yaralanib, kursida oʻtirgan boʻladi. U bir qoʻlini koʻtarolmaydi, boshqasi bilan Isroilning droniga qarata tayoq otadi, lekin tekkizolmaydi. Shundan soʻng Isroil tanki 2 qavatli binoning yuqori qavatiga qarata oʻq uzadi. Portlash oqibatida Sinvar oʻldiriladi.

Biroq, Isroil Milliy sud-tibbiyot markazi bosh patologoanatomi Xen Kugel Sinvar boshidan oʻq yeb oʻlganini aytgan:

Sinvarning jasadini Isroil maxfiy ravishda saqlab turibdi va uni garovga olingan isroilliklarga almashtirishni istamoqda.

Munosabatlar

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu askarlarni maqtab, quyidagicha soʻzladi:

Hamas harakatining Gʻazodagi tashqi aloqalar boʻlimi rahbari Yahyo Sinvarning oʻlimini tasdiqlab, quyidagi fikrlarni aytdi:

Xalqaro : prezident Joe Biden Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahuni Yahyo Sinvarning oʻldirilganligi bilan tabriklagan va „urushni tugatish va garovga olinganlarni uylariga qaytarish vaqti keldi. Biz bunga tayyormiz“ deb taʼkidlagan. : Tashqi ishlar vazirligi Yahyo Sinvar „Isroilni va uning xalqini yoʻq qilishni“ istagan „shafqatsiz qotil“ deb taʼriflagan. Bundan tashqari u 2023-yil 7-oktyabrda Isroilga Hamasning yirik hujumi ortida turgan va shuning uchun „minglab odamlarning oʻlimiga sabab boʻldi va butun mintaqa cheksiz azob-uqubatlarga duch keldi“ deb taʼkidladi. Endi Yahyo Sinvar oʻlimidan keyin, „Hamas harakati barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishi va qurollarini topshirishi kerak“ va „Gʻazo sektoridagi odamlarning azoblari nihoyat tugashi kerak“ deb qoʻshimcha qildi. Yana qarang

Ismoil Haniyaning oʻldirilishi „Hizbulloh“ aloqa vositalari portlashlari

Manbalar

Turkum:2024-yil voqealari