Raxmatov Xasan Utkirovich (1985-yil 13-sentyabr, Samarqand, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi, bankir. Mehnat faoliyati davomida 2008-2013-yillarda AT Aloqabankda, 2013-2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda, xususan, rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, X. Raxmatov 2016-yildan 2024-yilgacha AT Aloqabank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2024-yil 24-yanvardan 2025-yil kuni yanvar oyigacha Poytaxt bank AJ boshqaruv raisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2025-yil fevral oyidan ATB ASIA ALLIANCE BANK kuzatuv kengashi raisi etib tayinlandi.

Hayoti Xasan Raxmatov 1985-yil 13-sentyabrda Samarqand viloyatida ziyoli oilada tugʻilgan. 2006-yil Toshkent moliya institutining bakalavr bosqichini, 2008-yil ushbu institutning magistratura bosqichini tamomlagan. 2011-yilda „Iqtisod fanlari nomzodi“, 2020-yilda „Iqtisod fanlari doktori“ ilmiy darajalarini olgan.

Mehnat faoliyati X. Raxmatov – Oʻzbekiston bank-moliya tizimidagi tajribali mutaxassis va menejer.

Uning mehnat faoliyati 2008–2013-yillarda AT Aloqabank (Respublika apparati) tizimida boshlangan. 2013–2016-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2016–2024-yillarda AT Aloqabank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2024-yil 24-yanvardan 2025-yil yanvar oyigacha „Poytaxt bank“ AJ Boshqaruv raisi lavozimida ishlagan. 2025-yil fevral oyidan boshlab ATB „ASIA ALLIANCE BANK“ Kuzatuv kengashi raisi etib tayinlangan.

2025-yil 16-apreldan esa „Milliy banklararo protsessing markazi“ aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi maslahatchisi lavozimiga ham tayinlangan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar Turkum:Iqtisodiyot fanlari doktorlari