Kushon-Sosoniylar qirolligi (yoki Indo-Sosoniylar) – 3-4-asrlarda Sosoniylar imperiyasi tomonidan Baqtriyada tashkil etilgan davlat. Sosoniylar imperiyasi 225-yilda boshlangan bir qator urushlar natijasida qulayotgan Kushon imperiyasining Soʻgʻd, Baqtriya va Gandhara viloyatlarini egallab oldiThe Cambridge History of Iran, Volume 3, E. Yarshater p.209 ff. Mahalliy Sosoniy rahbarlari keyinchalik „Kushonshoh“ yoki „Kushonlarning Podshohi“ (KΟÞANΟ ÞAΟ yoki baqtriy tilida Koshano Shao) unvonini olgan va tangalar zarb etishni boshlagan. Ular baʼzan Sosoniylar imperiyasi tarkibida „ostqirollik“ ni tashkil etganlarThe Cambridge Companion to the Age of Attila, Michael Maas, Cambridge University Press, 2014 p.284 ff.

Bu boshqaruv 360—370-yillargacha davom etgan, shu vaqtda Kushon-Sosoniylar koʻp hududlarini bosqinchi Kidariylarga boy berib qoʻygan. Qolgan yerlari esa toʻgʻridan-toʻgʻri Sosoniylar imperiyasiga oʻtgan. Keyinchalik, Kidariylar oʻz navbatida Eftaliylar tomonidan siqib chiqarildiSasanian Seals and Sealings, Rika Gyselen, Peeters Publishers, 2007, p.1.

Kushonshohlar asosan oʻzlarining tangalari orqali tanilgan. Tangalari Kobul, Balx, Hirot va Marvda zarb qilingan boʻlib, bu ularning hukmronlik hududining kengligini koʻrsatadiEncyclopedia Iranica.

„Kushon shahanshoh“ (maʼnosi: Kushonlar podsholari podshosi) unvoni bilan tanga chiqargan Hormizd I Kushonshohning (277–286) qoʻzgʻoloni Sosoniylar imperiyasining zamondoshi Bahrom II (276–293) ga qarshi boʻlgan. Ammo muvaffaqiyatsizlikka uchraganThe Cambridge History of Iran, Volume 3, E. Yarshater p.209 ff.

Tarixi thumb|Kushon-Sosoniy hukmdori Hormizd I Kushonshohning kushon uslubidagi portreti (taxminan 277—286-yillar). Parfiyaliklar ustidan qozonilgan gʻalabadan koʻp oʻtmay, Sosoniylar milodiy 230-yillarda Ardashir I davrida oʻz hukmronligini Baqtriyagagacha kengaytirdi. Keyin uning oʻgʻli Shopur I (240–270) davrida hukmronlik gʻarbiy Pokistondagi imperiyasining sharqiy qismlariga qadar kengaytirildi. Shunday qilib, Kushonlar oʻzlarining gʻarbiy hududlarini (shu jumladan, Baqtriya va Gandhara) Sosoniy zodagonlari boʻlmish Kushonshohlar oʻtkazganlar. Kushon-Sosoniylarning sharqdagi eng uzoq chegarasi Gandhara boʻlganga oʻxshaydi. Aftidan ular Hind daryosidan oʻtmaganlar. Chunki Hind daryosidan biroz naridagi Taksila shahrida ularning tangalaridan deyarli hech biri topilmagan.

Hormizd I Kushonshoh boshchiligidagi Kushon-Sosoniylar Sosoniylar imperiyasining zamondosh imperatori Bahrom II (276-293) ga qarshi isyon koʻtargan koʻrinadi. Ammo natija muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topganThe Cambridge History of Iran, Volume 3, E. Yarshater p.209 ff. Hormizd I Kushonshoh, ehtimol imperiyadagi Sosoniylar hokimiyatiga qarshi chiqish maqsadida, „Kushonshahanshoh“CNG Coins nomli tangalar chiqargan.

Taxminan 325-yilda, Shopur II janubiy hududning bevosita boshqaruvini oʻz qoʻliga olgan, shu bilan birga shimolda Kushonshohlar oʻz hukmronliklarini saqlab qolgan.

Diniy taʼsirlar Shiva va Nandi tasvirlangan tangalar topilgan boʻlib, ular shaivizmning kuchli taʼsiridan dalolat beradi.

Moniylik asoschisi paygʻambar Moniy (210–276) Sosoniylarning sharqqa yurishi ortidan borib, Gandharaning gullab-yashnayotgan buddaviylik madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldi. U bir nechta diniy rasmlari saqlanib qolgan Bomiyonga tashrif buyurgani va u yerda bir muddat yashab, taʼlim bergani haqida maʼlumotlar bor. Shuningdek, u 240- yoki 241-yilda Hind vodiysi hududiga sayohat qilgani va u yerda buddaviy podshoh – Hindistonning Turon shohini oʻz diniga kiritgani haqida maʼlumotlar borRichard Foltz, Religions of the Silk Road, New York: Palgrave Macmillan, 2010.

Shu munosabat bilan turli buddaviylik taʼsirlari moniylikka kirib borgani koʻrinadi: "Buddaviylik gʻoyalari Moniy diniy qarashlarining shakllanishida muhim rol oʻynagan. Ruhlarning qayta tugʻilishi moniylik eʼtiqodiga aylandi va moniylik jamoasining toʻrt qismli tuzilmasi – erkak va ayol rohiblar („saylangan“lar) hamda ularni qoʻllab-quvvatlovchi oddiy ergashuvchilar („eshituvchi“lar) oʻrtasida boʻlinishi buddaviylik sanghasiga asoslanganga oʻxshaydi".

Tangalari Kushon-Sosoniylar Brahmi, Pahlaviy yoki Baqtriya yozuvlarida keng miqyosda tangalar chiqargan, baʼzan Kushon tangalaridan ilhomlangan. Tanganing old tomonida odatda hukmdor bosh kiyim bilan tasvirlanadi. Orqa tomonida esa yo olov ibodatxonasi, yo Shiva va Nandi tasvirlari boʻladi.

Kushon-Sosoniylar sanʼati Indo-Sasaniylar kumush buyumlar va tekstillar bilan savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishgan. Buyumlarda asosan Sosoniy imperatorlarining ov qilayotgani tasvirlangan.

Sanʼat taʼsiri Sosoniylar sanʼati namunasi Kushon sanʼati ustiga taʼsir koʻrsatgan va bu taʼsir janubi-sharqiy Osiyoning shimoliy-gʻarbiy qismida bir necha asr davomida mavjud boʻlgan.

Kushon-sosoniylarning asosiy hukmdorlari Quyida kushonshohlar roʻyxati:

Ardashir I Kushonshoh (230–245) Peroz I Kushonshoh (245–275) Hormizd I Kushonshoh (275–300) Hormizd II Kushonshoh (300–303) Peroz II Kushonshoh (303–330) Varahran Kushonshoh (330–365)

Adabiyotlar

Manbalar

Havolalar

Kushon-Sosoniylar tangalari

Turkum:Pokistonning qadimiy tarixi Turkum:Afgʻonistonning qadimiy tarixi Turkum:Sosoniylar imperiyasi Turkum:Kushon imperiyasi