Carlos Miguel Brandão Fernandes (1978-yil 5-may, Lissabon, Portugaliya) – portugaliyalik sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi, hozirda União de Santarem bosh murabbiyi.
Carlos 15 mavsum davomida Primeira Ligada jami 272 oʻyin oʻtkazgan va 13 gol urgan, koʻproq S.C. Farense va S.C. Braga klublarida faoliyat olib borganda gol urgan. Carlos faoliyatini „Sporting“da boshlagan.
Hayoti Fernandes Lissabonda tugʻilgan. Fernandes Sporting CP yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlsa-da, professional faoliyati davomida muvaffaqiyatsiz futbolchi sifatida tanilgan va turli klublarda oʻynagan. Braga klubiga oʻtgach,Carlos ikki toʻliq mavsum davomida UEFA kubogida jami yetti oʻyinda maydonga tushgan.
2008-yil iyul oyida Fernandes yaqinda UEFA kubogiga yoʻllanma olgan C.S. Marítimo klubi bilan shartnoma imzolagan. Carlos 2009-yil yanvar oyining oxirida klubdan ketgan va iyul oyida 34 yillik tanaffusdan soʻng oliy divizionga qaytgan S.C. Olhanense klubiga oʻtgan.
Keyingi oliy liga mavsumida Fernandes asosiy chap qanot himoyachisi boʻlib oʻynagan va ikkita gol urgan. 2009-yil 12-dekabrda Carlos klubining uy maydonida S.L. Benfica klubiga qarshi oʻyinda hisobni ochgan. Oʻyin 2:2 natija bilan yakunlangan. Olhanense 13-oʻrinni egallagan holda, oʻz oʻrnini saqlab qolishga erishgan.
Murabbiylik faoliyati Fernandes oʻzining murabbiylik faoliyatini 2022-yil mart oyida toʻrtinchi diviziondagi SC Vianense klubida boshlab, bu klubga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2023-yil 28-aprelda Fernandes lavozimidan boʻshatilgan.
2023-yilning 7-dekabrida Fernandes xuddi shu ligadagi União de Santarém bilan shartnoma imzolagan. Fernandes oʻz jamoasini birinchi mavsumidayoq Liga 3-ga olib chiqishga muvaffaq boʻlgan, bu natijaga klub bankrot boʻlgan Vitoria de Setubal klubining oʻrnini egallash orqali erishgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:S.C. Braga futbolchilari Turkum:C.S. Marítimo futbolchilari Turkum:Segunda Divisão oʻyinchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliyalik futbol murabbiylar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar