Lukman Adefemi Abegunrin (13-mart 1994-yil, Lagos, Nigeriya) – nigeriyalik professional futbolchi, Nigeriya Professional futbol ligasida Rivers United klubida hujumchi ampluasida oʻynaydi.

Hayoti va faoliyati

Nigeriya Nigeriyaning Lagos shahrida tugʻilgan. Adefemi Vusu nomli mahalliy futbol akademiyasida oʻqigan. 2012-yilda Nigeriya Premyer-ligasining Crown FC klubi Adefemi bilan bir mavsumga shartnoma imzolagan va Adefemi 18 yoshida ilk professional faoliyatini boshlagan. Adefemi Crown FC klubining eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb tan olingan.

Serbiya FK Javor Ivanjica Adefemining oʻyinini oʻrganib chiqqan va unga 1 yillik shartnoma taklif qilgan. 2013—2014-yilgi mavsumda Serbiya birinchi ligasidagi Javor Ivanjica klubida toʻp surgan. 2014-yilda Adefemi Afrikaga qaytgan.

Mozambik 2015-yilda Adefemi Moçambola ligasidagi CD Maxaquene klubi safiga qoʻshilgan. Adefemi mavsumni yuqori natija bilan yakunlagan, klubning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. 2016-yilda Adefemi Taça de Mozambik kubogida Maxaquene bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. 2017-yilda Adefemi FC Chibuto klubiga qoʻshilgan va u yerda yana bir muvaffaqiyatli mavsumni oʻtkazgan. Oʻshanda Lukman Yevropa klublaridan takliflar olgan va ulardan biri Varzim S.C. klubi edi.

Portugaliya Mozambikdagi ajoyib mavsumidan soʻng, Portugaliyaning Varzim klubi uni ijaraga olgan, u yerda Adefemi yarim mavsum oʻynagan va Mozambikga qaytib, Ferroviário klubiga qoʻshilgan.

Ummon Adefemi 2018—2019-yilgi yarim mavsum uchun Ummon Professional Ligasining Al-Rustaq klubiga oʻtgan. 2020-yil yanvar oyida Adefemi 2019—2020-yilgi mavsumning qolgan qismida Ummondagi boshqa Al Diriyah klubiga oʻtgan.

Hindiston 2019-yil dekabr oyida Adefemi I-Ligadagi Real Kashmir FC klubiga oʻtgan. Oʻsha oyda „Real Kashmir“ klubi oʻyinchisi sifatida nufuzli IFA Shield sovrinini qoʻlga kiritgan. Adefemi turnirning eng yaxshi futbolchisi va 2019—2020-yilgi IFA Shieldning eng yaxshi toʻpurari deb topilgan. 2021-yilning 10-yanvarida Adefemi „Real Kashmir“ klubi safida Manipurning „TRAU FC“ klubiga qarshi oʻyinda qatnashgan va oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

Janubiy Afrika 2021-yil 1-oktyabrda Adefemi Janubiy Afrikaning ikkinchi diviziondagi Free State Stars futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlari Real Kashmir

IFA Shield: 2020.

CD Maxaquene

Taça de Moçambique: 2016.

Shaxsiy

IFA Shieldning eng yaxshi toʻpurari: 2020.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Varzim S.C. futbolchilari Turkum:Real Kashmir FC futbolchilari Turkum:Moçambola futbolchilari Turkum:Ummon Professional ligasi futbolchilari Turkum:I-liga futbolchilari Turkum:Segunda Liga futbolchilari Turkum:Nigeriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ummondagi muhojir erkak futbolchilar