João Victor Gomes da Silva (2001-yil 12-fevralda tugʻilgan) – braziliyalik futbolchi, markaziy yarim himoyachi. Angliyaning Wolverhampton klubi va Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Klublardagi faoliyati
Flamengo João Gomes Flamengo tarkibida ilk marta 2020-yil 1-noyabrda maydonga tushgan. Gomes oshtirok etgan ilk bahsda jamoasi Braziliya milliy chempionati doirasida San-Paulu klubiga oʻz uyida 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan.
Wolverhampton Wanderers 2023-yilning 30-yanvarida 18.7 million yevro evaziga João Gomes Premer-liga jamoasi hisoblangan "Wolverhampton" klubi futbolchisiga aylangan.
2023-yil 11-fevralda Premyer-liga doirasida Wolverhampton Southampton jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan bahsda João „boʻrilar“ safidagi ilk oʻyinida raqib darvozasiga toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan. Mazkur bahsning birinchi boʻlimida Mario Lemina qizil kartochka olganidan soʻng, Wolverhampton maydonda bir kishi kam boʻlib harakat qilgan.
2024-yil 5-yanvarda Angliya kubogi doirasida Brentfordga qarshi oʻyinning 9-daqiqasida qizil kartochka olgan.
João Gomes ikkinchi va uchinchi gollarini 2024-yil 17-fevralda Tottenham klubi darvozasiga kiritib, jamoasining 2:1 hisobida gʻalaba qozonishini taʼminlagan.
2024—2025-yilgi mavsumdagi ilk golini 2024-yil 2-noyabrda „Molineux“ stadionida boʻlib oʻtgan bahsda Crystal Palace darvozasiga kiritgan.
Terma jamoadagi faoliyati 2024-yil 23-mart kuni Braziliya terma jamoasi safida Angliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti Uzoq vaqtdan beri braziliya jiu-jitsusi bilan shugʻullanadi. 2023-yil 30-iyun kuni mazkur sport turi boʻyicha koʻk belbogʻni qoʻlga kiritgan. Manbalar
Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar