Boy ila xizmatchi — 1954-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi tomonidan suratga olingan oʻzbek filmi. Latif Fayziyev hamda Aleksandr Ginzburg rejissorligidagi film Hamza Hakimzoda Niyoziyning shu nomdagi dramasiga asoslangan. 1954-yil 26-mayda premyerasi o'tkazilgan. Syujeti Filmda Oktyabr inqilobidan keyingi davrlarda o'zbek xalqining mehnatkashligi, xalqning erkinlikka intilishi ochib berilgan. Shuningdek, filmda yirik yer egalari tanqid ostiga olingan. Rollarda Shukur Burhonov — Gʻafur, fermer Sora Eshontoʻrayeva — Jamila, Gʻafurning rafiqasi Nabi Rahimov — Aleksiy Gʻani Aʼzamov — imom Amin Turdiyev — Qodirqul, mingboshi Yayra Abdullayeva — Gulbahor Obid Jalilov — Solihboy Lutfulla Nazrullayev — Xolmat, boyning xizmatkori Saʼdixon Tabibullayev — ellikboshi Zaynab Sadriyeva — Poshsha oyim Zamira Hidoyatova — Rahima xola Mariya Kuznetsova — Hoji ona Manbalar

Turkum:Oʻzbek filmlari Turkum:Latif Fayziyev filmlari