Fortune 500 — bu Fortune jurnali tomonidan har yili tuziladigan va e’lon qilinadigan ro‘yxat bo‘lib, unda AQShning eng yirik 500 korporatsiyalari ularning moliyaviy yil bo‘yicha umumiy daromadiga qarab tartiblanadi. Ro‘yxatga ochiq aksiyadorlik jamiyatlari va daromadlari ommaga ochiq bo‘lgan xususiy kompaniyalar kiritiladi. Fortune 500 tushunchasini Fortune muharriri Edgar P. Smit yaratgan bo‘lib, birinchi ro‘yxat 1955-yilda chop etilgan. Fortune 500 o‘zining kichik to‘plami bo‘lgan Fortune 100 yoki kengaytirilgan to‘plami bo‘lgan Fortune 1000’ga qaraganda ko‘proq ishlatiladi.
Tarixi Edgar P. Smit tomonidan yaratilgan Fortune 500 birinchi marta 1955-yilda chop etilgan. Dastlabki o‘nlikka kirgan kompaniyalar General Motors, Jersey Standard, AQSh Po‘lat Korporatsiyasi, General Electric, Esmark, Kraysler, Armour, Gulf Neft, Mobil va DuPont edi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Top ro‘yxatlar