Salom masjidi (), shuningdek, shahzoda Abdulloh bin Abdurahmon al-Faysal masjidi () deb ham ataladi. Bino Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahridagi Salom Park hududida joylashgan islomiy (sunniy) masjid hisoblanadi.
1941-yilda shahzoda Abdulloh bin Abdurahmon tomonidan bunyod etilgan bu masjid temirbeton yordamida qurilgan ilk masjidlardan biri boʻlib, 2003-yilda Riyod shahri Qirollik komissiyasi tomonidan Salom Park loyihasini ishlab chiqish jarayonida taʼmirlangan.
Tarixi Masjid 1941-yilda shahzoda Abdulloh ibn Abdurahmon tomonidan oʻzining Salom deb nomlangan shaxsiy bogʻida qurilgan. Qurilish materiali sifatida temirbetondan foydalanilgan. Bino ar-Riyoddagi temirbeton yordamida qurilgan birinchi masjidlardan biridir. Shayx Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Ali al-Hamdan masjid qurilishidan soʻng uning birinchi imom-xatibi etib tayinlangan.
Masjid 2003-yilda Riyod shahri Qirollik komissiyasi tomonidan Salom Park loyihasi doirasida meva bogʻi bilan bir vaqtda taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Saudiya Arabistonidagi 20-asrda qurilgan masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi sunniy masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Ar-Riyoddagi masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi minorali masjidlar