Afyonkarahisar Katta masjidi () – Turkiyaning Afyonkarahisar viloyati, Afyonkarahisar shahridagi tarixiy masjid.

Masjid Bino shahardagi koʻplab masjidlar orasida muhim tarixiy yodgorlik hisoblanadi. Masjid 1272-yilda Hasan Nusratiddin tomonidan bunyod etilgan. Bino meʼmori – Amir Hoji Bey. Masjid Saljuqiylar davriga oid Onadoʻlidagi yogʻoch masjid meʼmorchiligining yirik namunasi hisoblanadi. 1341-yilda masjid ilk marta Muyniddin Amir Abdullohbek tomonidan restavratsiya qilingan boʻlib, bu haqida masjidning sharqiy kirish eshigidagi yozuvda keltirib oʻtilgan. Bino tomi yassi shaklda qurilgan, keyinchalik ham uning tuzilishi saqlanib qolgan, biroq restavratsiya davomida yana bir tom qoʻshib qurilgan. Masjid minorasi gʻishtdan qurilgan boʻlib, romb shaklidagi oynalar bilan bezatilgan, bu esa Saljuqiylar davridan qolgan noyob namunalardan hisoblanadi.

Galereya

Manbalar

Turkum:Turkiyadagi Saljuqiylar masjidlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda