Muhammad ibn Hibbon al-Bustiy(taxminan 270–354/884–965) musulmon arab olimi, polimati va shofeʼiy mazhabining koʻzga koʻringan rivoyatchisi, muhaddis munaqqid, rijolni baholovchi, toʻplovchi va hadis tarjimoni. U sermahsul yozuvchi boʻlib, fiqh kabi koʻplab islom sohalarini, shuningdek, astronomiya, tibbiyot, tarix va boshqa fanlarni yaxshi bilgan. Faoliyati Ibn Hibbon hijriy 270-yili (milodiy 884) Afgʻonistonning hozirgi janubidagi Bust yoki Bost shahrida tugʻilgan (Hilmand viloyati markazining sobiq nomi Bost yoki Bust boʻlgan, yangi nomi Lashkargoh).

Imom Ibn Hibbon Bust shahrida ulgʻaygan, u yerda bolaligi va yoshligi oʻtgan, soʻngra ilm olish uchun ketgan. Bu imom ilmga tashnalikda Movaronunnahran olis-olis Misrga yetib borar edi. Ushbu shiddatli sayohatlar davomida uning koʻplab ustozlari bor edi, ulardan bir qancha ilmlarni olgan.

U oʻsha davrning koʻplab taniqli olimlaridan islom ilmlarini oʻrgangan.

An-Nasoiy Al-Hasan ibn Sufyon Abu al-Yaʼla al-Mosuliy Al-Husayn ibn Idris al-Haraviy Abu al-Xalifa al-Jomhiy Imron ibn Muso ibn Madzoshiy Ahmad ibn al-Hasan as-Soʻfiy Jaʼfar ibn Ahmad al-Dimashqiy Ibn Xuzayma

Ibn Hibbon bir muddat Samarqandda qozi boʻlib, shaharda xonaqoh qurdirdi; Hijriy 340/milodiy 951-yilda u tugʻilgan shahri Bustga borib, u yerda talabalari uchun madrasa qurdirdi va unda ularga stipendiyalar berildi.

Uning eng mashhur shogirdlari oʻz davrining yetakchi olimlari boʻlishgan:

Al-Hakim an-Nishopuriy Ad-Daraqutniy Al-Xattobiy Ibn Manda

Ibn Faysal hijriy 354-yil Shavvol oyi tugashiga sakkiz kun qolganda juma kechasi Bustda vafot etdi. U hozirgi Afgʻoniston janubidagi oʻzining tugʻilgan shahri Boʻst yoki Bustda (hozirgi Lashkargoh) dafn etilgan. Manbalar

Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:884-yilda tugʻilganlar Turkum:965-yilda vafot etganlar