„Bakinskiy rabochiy“ () – Ozarbayjonda rus tilida nashr etiladigan ijtimoiy-siyosiy gazeta. Gazeta Ozarbayjonda va xorijda boʻlayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni yoritib boradi.
Tarixi thumb|272x272пкс|„Bakinskiy rabochiy“ gazetasi tahririyati, Boku, 1908-yil Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasi Boku tashkilotining matbaa organi sifatida gazetaning ilk soni 1906-yil aprelda (boshqa manbaga koʻra mayda) noqonuniy ranishda chop etilgan. Gazeta tashkil etilishida Iosif Stalin ishtirok etgan.
1908-yil sentyabrda gazeta qonuniy nashr etila boshlandi, biroq oktyabrga kelib „zararli yoʻnalishda“ ekanligi tufayli politsiya tomonidan yopildi.
1917-yil 22-aprelda gazeta nashr etilishi qayta tiklandi va 1918-yil 10-avgustgacha davom etdi. Bu davrda gazeta muharrirlaridan bir Prokofiy Japaridze boʻlganИстория Азербайджана В 3-х томах. — Баку: Издательство АН Азербайджанской ССР, 1963. — 545 с..
1920-yil 25-iyuldan boshlab gazeta dastlab „Azerbaydjanskaya bednota“ () nomi bilan, 7-noyabrdan esa „Bakinskiy rabochiy“ nomi bilan chiqa boshladi. Ozarbayjon SSR Kommunistik partiyasining Markaziy organi boʻlgan. Sergey Yeseninning aksar sheʼrlari birinchi marta gazetada bosilgan.
1969-yilda adadi 130 ming nusxani tashkil qilgan boʻlsa, 2009-yilda 3 ming nusxagacha kamaygan.
Mukofotlari Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1946-yil 8-iyun) – birinchi soni nashr etilganining 40 yilligi munosabati bilan ishchilarni siyosiy tarbiyalash va Ozarbayjon SSR ishchilari, dehqonlari va ziyolilarini sotsialistik qurilish vazifalarini bajarishga safarbar etishdagi xizmatlari uchun. Rossiya Federatsiyasi Prezidentidan minnatdorchilik (1999-yil 21-iyun, Rossiya) – koʻp yillik faol faoliyati va chet elda rus matbuotini rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi uchun.
Muharrirlari 1917—1918-yillar – Prokofiy Japaridze 1922—1925-yillar – Pyotr Chagin 1931—1933-yillar – Ivan Morozov (1889—1957) 1936-yil – N. K. Beliy 1940-yillarda (urush oxiri – 1947-yil) – Genrix Pisman 1946-yil – Andrey Malyutin 1950-yillardan 1970-yillargacha – Mixail Okulov 2001—2011-yillar – Agabek Askerov 2011—2021-yillar – Raxman Gadjiev 2021-yildan hozirga qadar – Ilgar Guseynov
Manbalar
Havolalar Электронные копии «Бакинского рабочего» в путеводителе РНБ «Газеты в сети и вне её»
Turkum:Rossiya imperiyasi Turkum:Ozarbayjon gazetalari