Rosstatning rasmiy maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Rossiya aholisining oʻrtacha oylik daromadi 35 361 rubl ( 490 dollar), oʻrtacha oylik ish haqi 51 083 rubl (708 dollar), oʻrtacha pensiya esa 14 986 rubl (208 dollar) boʻlgan. 2020-yilda Rossiya aholisining umumiy pul daromadlari 62 trillion rubl (861 milliard AQSH dollari) miqdorini tashkil etgan.
Rossiya aholisining asosiy daromad turlari quyidagicha: ish haqi (yashirin ish haqini ham oʻz ichiga olgan holda) – 66%, ijtimoiy toʻlovlar – 19%, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar – 8%, mulkdan olingan daromadlar – 5%, boshqa daromadlar – 2% (2018-yil maʼlumotlariga koʻra)Социально-экономическое положение России — 2018.
Rossiya Federatsiyasi aholisi daromadlaridan foydalanish tarkibi: tovarlar va xizmatlarni sotib olish – 75%, majburiy toʻlovlar va turli xil badallar – 12%, jamgʻarmalar – 8%, xorijiy valyuta sotib olish – 4%, aholi qoʻlidagi naqd pulning koʻpayishi – 2% (2017-yil maʼlumotlariga koʻra)Объём и структура использования денежных доходов населения.
Tarixi thumb|387x387px|1991–2020-yillarda Rossiya aholisining real ixtiyoridagi pul daromadlari (1991-yil darajasiga nisbatan foizlarda)
1990-yillar 1990-yillarda aksar aholining turmush darajasi asosan ish haqi va ijtimoiy toʻlovlar miqdori bilan belgilangan. 1990-yillar davomida Rossiya aholisining real daromadlari 1960–1970-yillardagi koʻrsatkichlarga nisbatan ikki baravardan ham koʻproq pasayib ketgan. Shu bilan birga, turmush darajasi va sifatining koʻplab koʻrsatkichlari yomonlashganКлимантова Г. И., Мухетдинова Н. М. Политика доходов и уровень жизни населения России в 1990-е годы // Проблемы развития человеческого потенциала в деятельности Совета Федерации / Информационно-аналитическое управление Аппарата Совета Федерации ФС РФ. — 2001 . — стр. 23Гордон Л. А. Социально-экономические права человека: содержание, особенности, значение для России / Институт мировой экономики и международных отношений РАН (ИМЭМО) // «Общественные науки и современность». ISSN: 0869-0499. 1997, № 3. — С. 5-14..
Tadqiqotchilar taʼkidlashicha, ish haqining darajasi va tuzilishi ishchilarning mutlaq koʻpchiligi uchun ular sarflagan mehnat kuchining toʻliq yoki hech boʻlmaganda qoniqarli darajada qoplanishini taʼminlamagan. Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 1995-yil oxiriga kelib, real ish haqining oʻrtacha darajasi islohotlar boshlanishidan oldingi (1992-yil yanvar) darajadan taxminan 34 foizgacha tushib ketganЗарплата и расплата: проблемы задолженности по оплате труда // Под ред. Т. Малевой; Моск. Центр Карнеги. — М.: Гендальф, ноябрь 2001. — 216 с.. Akademik keltirgan maʼlumotlarga koʻra, taqqoslama narxlarda oʻrtacha oylik ish haqi 1991-yilda oyiga 598 rublni tashkil etgan boʻlsa, 1998-yilda bu koʻrsatkich atigi 198 rublga tushib qolgan, yaʼni 3 barobar kamaygan. Real ish haqining eng katta pasayishi 1995 va 1998-yillarda kuzatilganМатериалы Петербургского экономического форума. 13-17 июня 2000 года. — Вестник Совета Федерации. — 2000. — № 6. — С. 77; Е. Антосенков, Ю. Кокин. Реформа заработной платы — ожидания и реальность // Экономист. — 1997. — № 4. — С. 47..
1990-yillardagi eng dolzarb muammolardan biri ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalarning ommaviy tarzda toʻlanmasligi boʻlgan. Masalan, Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 1997-yil iyul oyi oxirida davlat mas’ul boʻlgan ish haqini toʻlash boʻyicha qarzdorlik hajmi 11,4 trillion rublni tashkil etgan. Bu statistikaga harbiylar va boshqa ayrim toifadagi xodimlarning qarzdorligi kiritilmagan boʻlib, ularni qoʻshganda qarzdorlik miqdori taxminan 20 trillion rublgacha koʻtarilganЗаработная плата и система социального обеспечения // Обзор экономики России. Основные тенденции развития. 1997 г. IV: Пер. с англ. — М., 1998. — Стр. 75-89.
Manbalar
Turkum:Rossiya iqtisodiyoti