Avengers: Doomsday — Marvel Comiksning Qasoskorlar franshizasiga bagʻishlangan, 2026-yilda premyera qilinishi kutilayotgan Amerika superqahramon filmi. Marvel Studios va AGBO tomonidan ishlab chiqarilgan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatiladigan ushbu film, Qasoskorlar: Intiho filmidan keyin Qasoskorlar franshizasining beshinchi qismi va Marvel Kino Olamining 39-filmi boʻlishi koʻzda tutilgan. Filmga Anthony va Jo Russo rejissyorlik qilishgan hamda ssenariy Michael Waldron va Stephen McFeely tomonidan yozilgan. Filmda Chris Hemsworth, Vanessa Kirby, Anthony Mackie, Sebastian Stan, Letitia Wright, Paul Rudd, Wyatt Russell, Tenoch Huerta Mejía, Ebon Moss-Bachrach, Simu Liu, Florence Pugh, Kelsey Grammer, Lewis Pullman, Danny Ramirez, Joseph Quinn, David Harbour, Winston Duke, Hannah John-Kamen, Tom Hiddleston, Patrick Stewart, Ian McKellen, Alan Cumming, Rebecca Romijn, James Marsden, Channing Tatum, Pedro Pascal, hamda Robert Downey Jr kabi aktyorlar bosh rollarni gavdalantirishadi.
Rollarda
Chris Hemsworth Thor rolida: Qasoskorlar jamoasi aʼzosi hamda Asgardning sobiq qiroli. Qadimgi skandinaviya mifiologiyasidagi Thor nomli personajga asoslangan. Vanessa Kirby Sue Storm rolida: Fantastik toʻrtlikning aʼzosi. Koʻrinmas toʻsiqlar yaratish bilan birga koʻrinmas boʻla olish qobiliyati bor. Anthony Mackie Sam Wilson (Captain America) rolida: Qasoskorlar jamoasi aʼzosi. Sebastian Stan Bucky Barnes rolida: Thunderbolts jamoasi aʼzosi. Letitia Wright Shuri (Black Panther) rolida: Wakandaning sobiq malikasi. Paul Rudd Scott Lang (Ant-Man) rolida: Qasoskorlar jamoasi aʼzosi. Wyatt Russell John Walker (U. S. Agent) rolida: Sobiq Capitan Amerika hamda Thunderbolts jamoasi aʼzosi. Tenoch Huerta Mejía Namor rolida: Talokan qiroli hamda kuchli mutant. Ebon Moss-Bachrach Ben Grimm (The Thing) rolida: Sobiq astronaft hamda fantastik toʻrtlik jamoasi aʼzosi. Simu Liu Xu Shang-Chi rolida: Afsonaviy 10 ta halqalar egasi. Florence Pugh Yelena Belova rolida: Thunderbolts jamoasi aʼzosi. Kelsey Grammer Hank McCoy (Beast) rolida: Mutant hamda X-Men jamoasi aʼzosi. Lewis Pullman Bob (Sentry) rolida. Danny Ramirez Joaquin Torres (Falcon) rolida. Joseph Quinn Johnny Storm (Human Torch) rolida: Fantastik toʻrtlik jamoasi aʼzosi hamda Suening akasi. Olovni boshqarib ucha oladi. David Harbour Alexei Shostakov (Red Guardian) rolida: Thunderbolts jamoasi aʼzosi. Winston Duke M’Baku rolida: Wakandaning togʻlarida yashovchi Jabari qabilasi sardori. Hannah John-Kamen Ava Starr (Ghost) rolida: Thunderbolts jamoasi aʼzosi. Tom Hiddleston Loki rolida: Thorning oʻgay ukasi. Qadimgi skandinav mifiologiyasidagi Loki nomli personajga asoslangan. Patrick Stewart Charles Xavier (Professor X) rolida: Telepat mutant hamda X-men jamoasi rahbari. Ian McKellen Erik Lehnsherr (Magneto) rolida. Alan Cumming Kurt Wagner (Nightcrawler) rolida: Teleport qila olish qobiliyatiga ega mutant. Rebecca Romijn Raven Darkhölme (Mystique) rolida: Tashqi koʻrnishini oʻzgartira olish qobiliyatiga ega mutant. James Marsden Scott Summers (Cyclops) rolida: X-men jamoasi aʼzosi. Channing Tatum Remy LeBeau (Gambit) rolida: Mutant. Pedro Pascal Reed Richards (Mister Fantastic) rolida: Suening turmush oʻrtogʻi. Grimmning yaqin doʻsti. Yuqori intellektli olim hamda fantastik toʻrtlik jamoasi sardori. Robert Downey Jr Victor von Doom (Doctor Doom) rolida.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2026-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Anthony va Joe Russo filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar