Leonore Gewessler ((nemischa talaffuzi – lɛoˈnoːʁε ˈgeːvεslɐ); 1977-yilning 15-sentabrida tugʻilgan) – avstriyalik „The Greens – The Green Alternative“ (Yashillar) partiyasi siyosatchisi. Gewessler Nehammer hukumatida Iqlim ishlari, atrof-muhit, energetika, harakatchanlik, innovatsiyalar va texnologiyalar vaziri lavozimida xizmat qilgan. Hayoti Taʼlimi Gewessler Vena universitetidan siyosatshunoslik yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Siyosiy faoliyati 2014-yildan 2019-yilgacha Gewessler Avstriyaning eng yirik ekologik xayriya tashkiloti – Global 2000da rahbarlik qilgan. Ushbu tashkilot ekologik yoʻnalishda faoliyat yurituvchi va lobbichilik bilan shugʻullanuvchi guruh hisoblanadi. Gewessler bu davrda Slovakiyada joylashgan Mochovce atom elektr stansiyasining kengaytirilishiga qarshi ommaviy kampaniyani qoʻllab-quvvatlagan. Ushbu stansiya Avstriya chegarasidan atigi 100 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, sovet davrida qurilganSam Jones (2020-yil 2-mart), Austrian Greens’ ‘super minister’ takes the reins, Financial Times.. 2019-yilgi Avstriya parlament saylovidan keyingi koalitsion hukumat boʻyicha muzokaralarda Gewessler Yashillar partiyasi delegatsiyasi aʼzosi boʻlgan. Tabiatni tiklash toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishidagi roli 2024-yilning 17-iyunida Gewessler Yevropa Ittifoqining Tabiatni tiklash toʻgʻrisidagi qonuni qabul qilinishida muhim rol oʻynadi. Bu hujjat Yevropa Yashil bitimining asosiy tarkibiy qismidir va 2030-yilga qadar Yevropa hududidagi yer va dengiz maydonlarining 20 foizini tiklashni maqsad qilgan. Qonunga qarshi Avstriyaning federal yer birliklari tomonidan bildirilgan jamoaviy bayonotga qaramay, Gewessler uni qoʻllab-quvvatladi. Gewessler bu qarorni „hamma imkoniyatlar sinab koʻrilmasdan bu imkoniyatdan voz kechish oʻz vijdonimga toʻgʻri kelmaydi“-deb izohladi. Biroq, ushbu harakat uni yuridik jihatdan tortishuvli holatga olib keldi. Chunki bu qaror nafaqat koʻpchilik federal yerlarning, balki hamkorlikdagi hukumatdagi oʻng markazchi Avstriya Xalq partiyasining qarshiligiga ham zid edi.

Gewesslerning ovozidan soʻng, Avstriya Xalq partiyasi unga qarshi sudga murojaat qildi. Partiya uni vazifasini suiisteʼmol qilishda ayblab, Yevropa Ittifoqi Adliya sudiga shikoyat qilishini eʼlon qildi. Shikoyatda Gewessler tomonidan qonun uchun berilgan ovozning haqiqiy emas deb topilishi soʻralgan. Garchi Yevropa Ittifoqi Adliya sudidagi murojaat natijasi shubha ostida boʻlsa-da, vazifasini suiisteʼmol qilish aybi isbotlansa, bu 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan yakunlanishi mumkin edi .

2022-yilda Avstriya hukumati Yevropa Ittifoqining yadroviy energetikani „yashil investitsiya“ toifasiga kiritishiga qarshi sudga murojaat qildi. Leonore Gewessler bu qarorni „Greenwashing“ (yashillikni soxtalashtirish) deb atadi. Ushbu tasniflash tarafdorlari yadroviy energetikani, boshqa manbalarga nisbatan kam karbon chiqindilari chiqaruvchi texnologiya sifatida, issiqxona gazlarini kamaytirishdagi muhim vosita deb hisoblashadi.

Yana qarang Leonore Gewessler Avstriya parlament vebsayti

Manbalar

Turkum:Avstriyalik siyosatchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar