Bugʻa al-Kabir (), shuningdek, Bugʻa at-Turkiy () – IX asrda Abbosiylar xalifaligiga xizmat qilgan xazar generali.

Bugʻa xazar millatiga mansub boʻlibGolden (2005), p. 459 & 468-470, 819/820-yilda al-Muʼtasim uni oʻgʻillari bilan birga harbiy qul (gʻulom) vazifasida oʻz xizmatiga olganGordon (2001), p. 19. Bugʻa ismi birinchi marta 825-yilda tilga olingan. Soʻngra 835-yilda Bobak Xurramdinning xurramiy isyonchilariga qarshi kurashda qoʻshimcha kuchlarni boshqarganida yana eslab oʻtilgan. Bugʻa al-Muʼtasimning 838-yilgi Amorium yurishida ham qatnashgan boʻlib, u yerda orqa qoʻshinni boshqargan va keyinchalik xalifaning xos mahrami vazifasida xizmat qilganPipes (1981), pp. 155–156. 844/845-yilda Bugʻa Markaziy Arabiston hududidagi badaviy qabilalar isyonini bostirganSourdel (1960), p. 1287.

Bugʻa 850—855-yillardagi arman qoʻzgʻolonini bostirishda muhim rol oʻynadi. 852-yilda xalifa al-Mutavakkil unga mazkur isyonni bostirish vazifasini topshirdi. Diyor Bakrdagi qarorgohidan yoʻlga chiqqan Bugʻa avvaliga Armanistonning janubiy qismiga, yaʼni Vaspurakan va Van koʻli hududlariga eʼtibor qaratdi. Soʻngra shimolga, Dvin, Iberiya va Albaniyaga yoʻl oldi. Ushbu yurishlar davomida isyonkor Tiflis amiri Is’hoq ibn Ismoilni ham magʻlub etdi hamda Tiflisni talon-taroj qilib, yondirib yubordi. 853-yil oxirida mamlakatni boʻysundirib, koʻplab Kavkaz amaldorlari va hukmdorlarini (eristavi va naxarar) asirga oldi. Asirlar orasida Grigor-Derenik Artsruni, uning amakisi Gurgen va otasi Ashot I ham bor edi. Ularning barchasi xalifalik poytaxti Samarraga joʻnatildiHovannisian (2004), pp. 140–141Gordon (2001), p. 90.

Bugʻa 857/8-yilda Vizantiya imperiyasi bilan chegara hududiga (tugʻur) joʻnatilgan boʻlib, u yerda oʻzini koʻrsatdi va keyingi bir necha yil davomida shu hududda qoldi. Shunday qilib, Bugʻa Mutavakkil oʻldirilishi vaqtida Samarradan tashqarida boʻlgan, biroq bu haqida xabar topishi bilanoq darhol ortiga qaytib kelgan. Mutavakkilning vorisi al-Muntasir vafot etganidan bir necha oy oʻtgach, Bugʻa va Abbosiylar qoʻshinining boshqa turkiy sarkardalari al-Musta’inni yangi xalifa etib tanladilar. Bir necha oydan soʻng Bugʻa 862-yilning avgust oyida, taxminan „90 (qamariy) yoshdan oshgan“ paytida vafot etdi. Oʻgʻli Musa va keyingi avlodlari IX asr oxirlarida Samarradagi yuqori sud va harbiy lavozimlarda xizmat qilishganKennedy (2001), p. 150.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:770-yillarda tugʻilganlar Turkum:862-yilda vafot etganlar Turkum:9-asr generallari Turkum:Abbosiylar xalifaligi generallari Turkum:Arminiyaning Abbosiy generallari Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:Abbosiylar gʻilmoni