Axund Mulla Shoh Masjidi (yoki Axun Mulla masjidi, Dara Shikoh masjidi, Mala Shah masjidi) – Hindistonning Jammu va Kashmir markaziy hududidagi Srinagar tumani, Kashmir vodiysi, Srinagar shahrida joylashgan tarixiy masjid xarobasi. Sobiq masjid inshooti milliy ahamiyatga ega yodgorlik hisoblanadi.
Axund Mulla Shoh masjidi (yoki Dara Shikoh masjidi) 1649-yilda Boburiy shahzoda Dara Shikoh tomonidan oʻzining ustaozi uchun qurdirilgan. Bu „masjid ichidagi masjid“ deb ataladigan gʻoyaga asoslangan. Asosiy ibodat joyi butunlay alohida qurilgan boʻlib, u hovli bilan ajratilgan. Masjid minbarida toj shaklidagi tosh lotus bezagi bor.
Galereya
Yana qarang
Hindistonda Islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati Jammu va Kashmirdagi milliy ahamiyatga ega yodgorliklar roʻyxati Manbalar