Elena Gheorghe (; 1985-yil 30-iyulda tugʻilgan) – ruminiyalik qoʻshiqchi. 2000-yillarning birinchi yarmida Ruminiyaning Mandinga pop guruhiga qoʻshilgan va ushbu guruh bilan birgalikda ikkita albom chiqargan. 2006-yilda guruhni tark etib, yakkaxon ijod yoʻlini tanlagan. Debyut qoʻshigʻi „Vocea Ta“ Ruminiyaning Top 100 reytingida eng yaxshi oʻntalikka kirgan.

Yoshligi va ilk faoliyat yillari Elena Georghe 1985-yil 30-iyulda Ruminiyaning Buxarest shahrida arumin ruhoniy Georghe Gheorghe oilasida dunyoga kelgan. Ajdodlarining koʻpchiligi pravoslav ruhoniylari boʻlishgan. Singlisi Ana jurnalist, akasi Costin esa sobiq futbolchi boʻlgan. Onasi Mărioara esa Georghe xalq artisti hisoblanadi. Georghe uch yoshida „Sus în Deal în Poieniţă“ qoʻshigʻi bilan musiqa sahnasida debyut qilgan. 11 yoshida Bolalar Milliy Saroyiga qoʻshilib, u yerda xonandalik saboqlarini olgan. 2000-yilda Baya-mare shahrida oʻtkazilgan „Little Bear“ tanlovida Whitney Houstonning „One Moment In Time“ qoʻshigʻini ijro etgan va oltin sovrinni qoʻlga kiritgan. 2001-yilda esa Mamaia festivalida ishtirok etgan.

Elena Georghe ham rumin, ham arumin hisoblanadi.

Karyerasi Gheorghe 2003-yil boshida latino janridagi mashhur guruh Mandinga bilan qoʻshiq kuylashni boshlagan. Oʻsha yilning iyun oyida Mandinga oʻzining „…De Corazón“ deb nomlangan ilk albomini chiqargan. 2005-yil mart oyida guruh „My Sun“ qoʻshigʻi bilan Ruminiya „Eurovision“ milliy saralash bosqichida 4-oʻrinni egallagan. Bu qoʻshiq bir yil oʻtib oltin disk bilan taqdirlangan. 2006-yil yanvar oyida Gheorghe „Passitos“ deb nomlanuvchi raqs maktabini ochgan. Oradan bir oy oʻtib esa Mandinga bilan hamkorligini yakunlab, musiqiy prodyuser Laurenţiu Duţă koʻmagida yakkaxon ijodini boshlagan[ iqtibos kerak ].

Manbalar

Havolalar

Official hi5 profile Official YouTube Channel

Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qoʻshiqchilar