Dominique Helena Moceanu (; 1981-yil 30-sentyabrda tugʻilgan) – nafaqadagi amerikalik gimnastikachi. 1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida gimnastika boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan Amerika Qoʻshma Shtatlarining „Magnificent Seven“ (Ajoyib yettilik) jamoasi tarkibida boʻlgan.
Sport faoliyati Moceanu dastlab Marta va Béla Károlyi, keyinchalik Luminița Miscenco va Mary Lee Tracy qoʻl ostida mashgʻulotlarni oʻtagan. 10 yoshida AQSH milliy terma jamoasi tarkibiga kirgan va junior (oʻsmirlar) darajasida turli xalqaro musobaqalarda mamlakat sharafini himoya qilgan. 1992-yilgi Junior Panamerika oʻyinlarida koʻpkurash boʻyicha kumush medal, 1994-yilda esa AQSHning oʻsmirlar oʻrtasidagi milliy chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 1995-yilda 13 yoshida AQSH milliy chempionatida senior (katta yosh toifasi)da koʻpkurash bahslari boʻyicha gʻolib chiqqan eng yosh gimnastga aylangan. Shuningdek, 1995-yilgi Jahon chempionati hamda 1996-yilgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan jamoaning eng yosh aʼzosi boʻlgan. Moceanu, shuningdek, 14 yoshida Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan va bu yoshda ushbu musobaqalarda qonuniy ishtirok etgan soʻnggi gimnast hisoblanadi.
Moceanuning gimnastikadagi soʻnggi eng katta muvaffaqiyati 1998-yilgi Goodwill oʻyinlarida boʻlib, sportchi koʻpkurash bahslari boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi amerikalik gimnastga aylangan. Oilaviy muammolar, murabbiylarining oʻzgarishlari va jarohatlar uning Sidneyda boʻlib oʻtadigan 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga borishiga toʻsqinlik qildi va Moceanu 2000-yilda sportni tark etdi. Oʻshandan beri u murabbiy boʻlib faoliyat yuritdi, shuningdek, biznes boshqaruvi boʻyicha ham taʼlim oldi, „Off Balance“ nomli xotiralar kitobini yozdi.
Manbalar