Anjelina Topić (; 2005-yil 26-iyulda tugʻilgan) – serbiyalik sportchi. Yengil atletikaning balandlikka sakrash yoʻnalishi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. Yengil atletika boʻyicha 2022-yilgi Yevropa chempionatida sportchi 17 yoshida bronza medalini qoʻlga kiritgan va bu orqali barcha chempionatlarning eng yosh sovrindoriga aylangan. Oʻsha yili Topić 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham bronza medaliga sazovor boʻlgan.

Topić yopiq inshootda va ochiq havoda balandlikka sakrash boʻyicha Serbiya rekordi sohibasi hisoblanadi. U, shuningdek, ochiq havoda 18 yoshgacha boʻlgan balandlikka sakrovchi sportchilar orasida amaldagi jahon rekordini qayd etgan.

Hayoti Anjelina Topićning onasi Biljana Topić uch hatlab sakrash boʻyicha milliy rekord sohibasi hisoblanadi. Yengil atletika boʻyicha 2009-yilgi Jahon chempionatida shu yoʻnalish boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Uning murabbiyi otasi Dragutin Topić balandlikka sakrash boʻyicha milliy rekord sohibi, shuningdek, 1990-yilda Yevropa chempioni boʻlgan.

Karyerasi 2022-yilgi mavsumning iyun oyida atigi 16 yoshda boʻlgan Topić Kruševacda boʻlib oʻtgan Serbiya chempionatida 1.96 metr balandlikka sakrab, katta yosh toifasida Serbiya milliy rekordini oʻrnatgan va shu bilan birga 18 yoshgacha boʻlgan sportchilar orasida qayd etilgan jahon rekordini takrorlagan. Keyingi oyda Quddusda boʻlib oʻtgan U18 Yevropa chempionatida 1.92 metr balandlikka sakrab, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Avgust oyida esa Kolumbiyaning Kali shahrida oʻtkazilgan U20 Jahon chempionatida 1.93 metr natija bilan bronza medaliga ega chiqqan. Oʻsha oyning oʻzida Topić Myunxenda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida katta yoshdagi sportchilar oʻrtasida ilk bor musobaqalarda ishtirok etgan va 1.93 metr natija qayd etgan holda bronza medaliga sazovor boʻlgan. Bu orqali sportchi barcha chempionatlarning eng yosh sovrindoriga aylangan. Topić oʻsha yili beshkurash bahslari boʻyicha ham U18 va U20 toifalarida milliy rekordlarni oʻrnatgan.

2023-yil yanvar oyida Belgradda oʻtkazilgan musobaqada 1.94 metrga sakrab, ilgari Ivana Španovićga tegishli boʻlgan yopiq inshootlarida balandlikka sakrash boʻyicha Serbiya rekordini yangilagan.

2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining saralash bosqichiga tayyorgarlik paytida Angelina oʻng toʻpigʻini sindirib olgan. Jarohatiga qaramay, sportchi baribir saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan, biroq keyinchalik final bosqichida ishtirok etolmay, musobaqani tark etgan.

Shunga qaramay, 2024-yil avgust oyida, jarohatdan atigi bir oy oʻtib, Angelina 2024-yilgi yengil atletika boʻyicha U20 Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi yengil atletikachilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yengil atletikachilar Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:26-iyulda tugʻilganlar Turkum:Belgradda tugʻilganlar