Bundesliga (; maʼnosi: Federal liga), baʼzan Fußball-Bundesliga yoki 1. Bundesliga deb ham ataladi. Bu Germaniyadagi professional futbol ligasi boʻlib, Germaniya futbol ligasi tizimining eng yuqori pogʻonasi hisoblanadi. Bundesliga 18 ta jamoadan tashkil topgan va 2. Bundesliga bilan oʻsish va tushish tizimi asosida ishlaydi. Mavsumlar avgust oyidan may oyigacha davom etadi. Oʻyinlar juma, shanba va yakshanba kunlari oʻtkaziladi, asosiy eʼtibor shanba kunlariga qaratiladi. Bundesliganing barcha klublari DFB-Pokal kubogi musobaqasida ishtirok etadi. Bundesliga gʻolibi DFL-Superkubokda qatnashish huquqini qoʻlga kiritadi.
Manbalar
Havolalar
DFB – Deutscher Fußball Bund (German Football Association)
Turkum:Bundesliga Turkum:Yevropadagi eng yuqori darajadagi futbol ligalari