Vera Nikolić Podrinska (1886-yil 8-iyunda tugʻilgan – 1972-yil 28-martda vafot etgan) – xorvatiyalik rassom va baronessa.

Biografiyasi Podrinska baron Vladimir Nikolić va baronessa Gabriella Ella Franziska Maria (qizlik familyasi Scotti)ning qizi boʻlgan. Nikolić 1900-yildan boshlab xorvatiyalik rassom Oton Ivekovićdan rasm chizishni oʻrgangan, shuningdek, Parijda Andre Lhote hamda Leo Junekdan taʼlim olgan. 1917-yilda ilk shaxsiy koʻrgazmasini tashkil qilgan.

1944-yilda Podrinskaning Xorvatiya Mustaqil Davlati hukumati tomonidan Zagrebdagi Pantovčak koʻchasida joylashgan mulkida harbiy asirlar lageri tashkil etilgan. Bu lagerda amerikalik harbiy uchuvchilar asirlikda saqlangan. Ularga Nikolićning uzumzorida ishlashga, uning hovlisida tennis oʻynash, musiqa tinglash va boshqa mashgʻulotlar bilan shugʻullanishga ruxsat etilgan.

Urushdan keyin uning mulki davlat mulkiga aylantirilgan yoki hukmron Kommunistik partiyasi tomonidan sotib olingan. Keyinchalik bu yerda Yugoslaviya yetakchisi Josip Broz Tito uchun Vila Zagorje nomli qarorgoh qurilgan.

Vera Nikolić 1957-yilda „Od Zagreba do Bangkoka“ () nomli kitobini nashr ettirgan.

Nikolić 1966-yilda oʻz asarlari koʻrgazmasida ishtirok etish uchun AQShga safar qilgan va Ikkinchi jahon urushi davrida uning mulkida asirlikda boʻlgan bir necha sobiq harbiylar tomonidan kutib olingan.

Manbalar

Havolalar

Nikolic Podrinskaya oilasining serb kelib chiqishi VIJEĆE SRPSKE NATIONALNE MANJINE BJELOVARSKO – BILOGORSKE ŽUPANIJE.

Turkum:1886-yilda tugʻilganlar Turkum:8-iyunda tugʻilganlar Turkum:1972-yilda vafot etganlar Turkum:28-martda vafot etganlar Turkum:Zagrebda vafot etganlar Turkum:Xorvatiyada vafot etganlar Turkum:Rassomlar