Ilim Kolleji (ilgari Shimoliy-Gʻarbiy mintaqa Islom kolleji nomi bilan tanilgan) 1995-yilda islomiy taʼlim berish maqsadida tashkil etilgan. Ilim kolleji – Avstraliyaning Viktoriya shtati, Dallas shahrida joylashgan, bolalar bogʻchasidan 12-sinfgacha boʻlgan aralash taʼlim turidagi xususiy islomiy maktabdir.
Yaqinda maktab Glenroydagi Box Forest Road yoʻlida joylashgan Yorolla maktabini filial sifatida sotib olgan. 2014-yilga kelib Doveton shahrida yana bir filial ochildi. Maktab notijorat tashkilot boʻlmish Millî Görüşga tegishli boʻlib, u musulmon jamoasining diniy, taʼlimiy, madaniy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Melburndagi islomiy maktablar Turkum:Melburndagi xususiy oʻrta maktablar Turkum:Melburndagi xususiy boshlangʻich maktablar Turkum:1995-yilda asos solingan taʼlim muassasalari