ASUNARO: Koreya yoshlar huquqlari harakati (), qisqacha Asunaro – Janubiy Koreyadagi yoshlar huquqlari tashkiloti. Tashkilot 2004-yilda „Asunaro: Yoshlar huquqlari tadqiqot forumi“ nomi bilan tashkil etilgan, 2006-yil fevralida hozirgi nomini olgan.

Asunaro teng, demokratik jamiyat qurishni maqsad qilganligi uchun uning markaziy boʻlinmalari yoki vakillari yoʻq. Turli guruhlar mamlakat miqyosida ish olib boradi, biroq ular Asunaroni tabaqalashtirishmagan va har kim bu guruhlarda ishlashi mumkin. Zarurat tugʻilganda, vakillar saylanadi.

Asunaro Janubiy Koreya taʼlim tizimida talabalarning uzoq oʻqish soatlari haqidagi oʻz tanqidlar bildirgan. Tashkilot 2021-yilda LGBT huquqlari haqidagi Human Rights Watch hisobotiga maʼlumot taqdim etgan. 2022-yilda Asunaro Ukrainaga Rossiya bostirib kirish holatini qoralagan bayonotni qoʻllab-quvvatlagan.

2024-yil dekabrda Prezident Yun Suk-Yolning harbiy holat eʼlon qilganidan soʻng, Asunaro va Jieum yoshlar huquqlari tashkiloti „Milliy inqiroz deklaratsiyasi“ nomli petitiyani boshlab, Yunni impichment qilishga chaqirgan. Petitiyani 123 ta tashkilot va 52 mingdan ortiq kishi imzolagan.

Hozirda tashkilotda 6 ta mahalliy filial (Gvanju, Pusan, Seul, Suvon, Incheon, Changvon filiallari) 4 ta yarim filial (Gumi, Daejon, Sungnam, Ulsan yarim filiallari) va bir qancha mahalliy jamoalar mavjud.

„Asunaro“ nomi Ryu Murakamining „Kibō no Kuni no Exodus“ romanidagi xayoliy yoshlar tashkilotidan olingan.

Nashrlari Asunaro 2009-yilda „Meo-Pi-In“ () nomli yoshlar huquqlari haqida kitob nashr etgan.

Yana qarang Talabalar huquqlari to‘g‘risidagi farmon Yuk Vu-dan

Manbalar

Havolalar Asunaro vebsayti

Turkum:2004-yilda asos solingan tashkilotlar Turkum:Janubiy Koreyadagi immigratsiyani qo‘llab-quvvatlovchi guruhlar Turkum:Janubiy Koreyada liberalizm Turkum:Janubiy Koreyada progressivizm Turkum:Janubiy Koreyadagi yoshlar huquqlari tashkilotlari