Leyla Islom qizi Yunusova (qizlik familiyasi Vəliyeva; 1955-yil 21-dekabrda tugʻilgan), shuningdek, Leyla Yunus, ozarbayjonlik inson huquqlari faoli. Inson huquqlari tashkiloti hisoblanuvchi Tinchlik va Demokratiya Instituti direktori sifatida faoliyat yuritadi. Asosan, Bokuda majburiy koʻchirishlardan zarar koʻrgan fuqarolarga yordam berish yoʻldagi ishlari bilan tanilgan boʻlib, ularning huquqlarini himoya qilish maqsadida bir nechta kichik norozilik namoyishlarini tashkil qilgan.
Yunusova zamonaviy Xalq Fronti partiyasining asoschilaridan biri hisoblanadi.
2014-yil iyul oyida Ozarbayjon hukumati Leyla Yunusni firibgarlik va soliq toʻlashdan boʻyin tovlash ayblovlari bilan hibsga olgan. Bu ayblovlarga keng jamoatchilik tomonidan shubhali deb qaralgan. 2015-yil 13-avgustda Yunusovaga sakkiz yarim yil qamoq jazosi hukm qilingan. Biroq sogʻligʻining yomonlashuvi sababli 2015-yil 9-dekabrda ozod qilingan va sud tomonidan uning jazosi shartli jazo turi bilan almashtirilgan.
Mukofotlari
Nomzodligi 2014-yil oktyabr oyida Leyla Yunus Saxarov mukofotining uch nafar finalchilari qatorida boʻlgan. Uning nomzodi bir qator taniqli faollar, jumladan, Sovet Ittifoqining dissidentlari va marhum Andrey Saxarovning doʻstlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Yevropa Parlamenti Saxarov mukofoti eʼlon qilinganida barcha siyosiy guruhlar vakillaridan iborat delegatsiyani Ozarbayjonga yuborish va u yerda Leyla Yunus bilan uchrashib, uning mamlakatidagi demokratiya va erkinlik uchun olib borayotgan kurashini qoʻllab-quvvatlashga qaror qilganini bildirgan.
Leyla Yunus, shuningek, „Inson huquqlari lolasi“ mukofotiga ham nomzod sifatida koʻrsatilgan.
Mukofotlari 2014-yil oktyabr oyida Norvegiyaning Helsinki qoʻmitasi Leyla Yunusga Rasul Jafarov, Anar Mammadli va Intiqom Aliyev bilan birgalikda Andrey Saxarov nomidagi Ozodlik mukofotini topshirgan.
Shu oyda Leyla Yunus inson huquqlari boʻyicha olib borgan faoliyati uchun Polsha davlati tomonidan beriladigan „Sérgio Vieira de Mello“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Firibgarlikda ayblangan shaxslar Turkum:Ozarbayjon sotsial-demokratlari