Saidumarxon Sodiqov (2002-yil 5-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Belarusning „Smorgon“ klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Andijon Oʻzbekistonning Andijon futbol akademiyasida taʼlim olgan. 2020-yilgi mavsum futbolchi Andijon klubida professional faoliyatini boshlagan va mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida Andijon II klubi safida oʻtkzgan. 2020-yilgi mavsum Oʻzbekiston Birinchi ligasida oʻynab, 2 ta gol muallifi boʻlgan. 2021-yil yanvarida Yaypanning „Turon“ klubi tarkibiga oʻtgan va u yerda mavsum davomida 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar chempionatida ishtirok etgan. 2022-yil boshida „Andijon“ klubiga qaytib kelgan. Klubda yoshlar jamoasida oʻynashni davom ettirgan. Asosiy jamoadagi ilk oʻyinini 2023-yil 28-iyulda „Nasaf“ klubiga qarshi oʻtkazib, 84-daqiqada maydonga tushgan. Biroq, asosiy tarkibda oʻz oʻrnini mustahkamlay olmadi va yoshlar jamoasida oʻynashni davom ettirgan. Mavsum yakunida futbolchi jamoa bilan birga chempionatni yettinchi oʻrinda tugatgan. Saidumarxon mavsum soʻngida klubni tark etgan.

OʻshDU-Aldiyer

2024-yil fevral oyida futbolchi erkin agent sifatida Qirgʻizistonning „OʻshDU-Aldiyer“ klubiga oʻtib, mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 2024-yil 29-martda „Qirgʻizoltin“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Asosiy tarkibda maydonga tushib, oʻzining ilk golini ham urdi. 2024-yil 20-iyunda Qirgʻiziston kubogi chorak finalida Saidumarxon jamoasi bilan birga „Muras Yunayted“ klubiga yengilib, musobaqadagi ishtirokini yakunlagan. Mavsum yakunida jamoa bilan birga chempionatni yettinchi oʻrinda tugatgan. Mavsum davomida u klubning asosiy oʻyinchilaridan biri sifatida maydonga tushib, chempionat doirasida 4 ta gol urgan. Mavsum yakunlanishi bilan futbolchi qirgʻiz klubini tark etgan.

Smorgon 2025-yil fevralida futbolchi Belarus „Smorgon“ jamoasining mavsum oldi yigʻin-mashgʻulotlarida ishtirok etgan. 2025-yil mart oyining oxirida futbolchi rasman Belarus klubiga qoʻshilgan va mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 2025-yil 29-martda „Slutsk-2024“ga qarshi oʻyinda amalga oshirdi, 59-daqiqada maydonga tushgan. Futbolchi klubdagi ilk golini 2025-yil 26-aprelda Novopolotskning „Naftan“ jamoasiga qarshi oʻyinda urgan.

Manbalar

Havolalar

Saidumarxon Sodiqov OʻzPFL saytida Saidumarxon Sodiqov Transfermarkt saytida

Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Andijon SGS futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:OʻshMU Aldiyer futbol klubi futbolchilari Turkum:FC Smorgon futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Qirgʻizistondagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar