Somaya Bousaid (; 1980-yil 5-mayda tugʻilgan) – tunislik para-sportchi (yengil atletika yoʻnalishida), asosan oʻrta masofaga yugurish boʻyicha T13 toifasida musobaqalarda qatnashadi.
Faoliyati 2004-yilda Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Somaya Bousaid T12 toifasida 1500 metrga yugurish musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 800 metr masofaga yugurish bahslarida bronza medaliga sazovor boʻlgan. 2008-yilda Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u T13 toifasida 1500 metr va T12/13 toifasida 800 metrga yugurish musobaqalarida bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
2012-yilda Buyuk Britaniyaning poytaxti London shahrida oʻtkazilgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Somaya Bousaid T13 toifasida 400 metrga yugurish musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Shuningdek, Somaya Bousaid 2024-yilda Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Tunis sharafini himoya qilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Tunislik paralimpiyachilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2008-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchilari Turkum:2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchilari Turkum:2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchilari Turkum:2008-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:21-asr tunislik ayol sportchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchilari