Ishé Barrington Samuels-Smith (2006-yil 6-iyunda tugʻilgan) – angliyalik futbolchi, Ligue 1 vakili „Strasbourg“ klubida chap qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynaydi.
Klublardagi karyerasi Manchesterda tugʻilgan Samuels-Smith toʻqqiz yoshida „Everton“ akademiyasiga qoʻshilgan. U 2022-yil sentyabr oyida, hali yoshlar jamoasida toʻp tapayotgan vaqtlarida Angliyaning „The Guardian“ gazetasi tomonidan „Everton“da oʻz yosh guruhidagi futbolchilarning eng yaxshisi deya eʼtirof etilgan. Oʻsha yilning 8-noyabrida futbolchi jamoa bosh murabbiy Frank Lampard tomonidan Angliya Liga kubogining uchinchi bosqichida „Bournemouth“ga qarshi oʻyinda ilk jamoaning zaxira qaydnomasiga kiritilgan. 2023-yil yanvar oyida Lampard ishdan boʻshatilgandan soʻng, yangi bosh murabbiy Sean Dyche ham oʻsha yilning aprel oyida Samuels-Smitni yana tarkibga jalb etgan, ammo u jamoasi „Fulham“ga 3-1 hisobida imkoniyatni boy bergan oʻyinda ham toʻliq oʻyinni zaxira oʻrindigʻida oʻtkazgan.
Dastlab 2022-yil iyul oyida Samuels-Smith bilan aloqaga chiqqan Premyer-liganing „Chelsea“ klubi 2023-yil iyul oyida futbolchi bilan 4 million funt sterling evaziga uch yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Keyinchalik bu kelishuv 2023-yil 8-iyulda rasman tasdiqlangan.
2025-yilning 30-iyulida Samuels-Smithning Ligue 1da harakat qiluvchi „Strasbourg“ jamoasiga transferi eʼlon qilindi.
Terma jamoadagi karyerasi Samuels-Smith Angliyani 15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan barcha yosh toifasidagi terma jamoalari sharafini himoya qilgan. U 2023-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan jamoa tarkibidan ham joy olgan va uning musobaqa davomidagi oʻyinlari uni turnir ramziy jamoasiga kiritilishiga ham sabab boʻlgan.
2023-yil 6-sentyabrda Samuels-Smith Angliya U-18 terma jamoasidagi debyutini Limogesda kechgan Fransiyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan.
2023-yil 2-noyabrda Samuels-Smith 2023-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasi tarkibiga chaqiruv olgan.
2024-yil 4-sentyabrda Samuels-Smith Nedelišćeda boʻlib oʻtgan Italiya bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinda Angliya U-19 terma jamoasidagi debyutini oʻtkazgan.
Shaxsiy hayoti Samuels-Smitning egizak akasi Odin hozirda „Everton“ klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Statistikasi Klublar .
+KlubMavsumLigaMahalliy kuboklarLiga kubogiBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarEverton U-212022–2023—4040Career total0000004040
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Manchesterda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:RC Strasbourg Alsace futbolchilari