Yeliz Başa (; 1987-yil 13-avgust, Beykoz, Istanbul, Turkiya) — turkiyalik voleybolchi. Turkiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi tarkibida 2014-yilgi Yevropa Ayollar Voleybol Ligasi musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Faoliyati Yeliz Başa sportdagi faoliyatini 14 yoshida oʻzi tugʻilib oʻsgan shaharchadagi Beykozspor klubi yoshlar jamoasida boshlagan. Oradan bir yil oʻtib, Beşiktaş klubiga oʻtgan. 2002—2004-yillarda yoshlar jamoasida, 2004—2006-yillarda oʻsmirlar jamoasi tarkibida oʻynaganidan soʻng, asosiy jamoaga qabul qilingan va 2012-yilgacha shu yerda faoliyat yuritgan.
2011—2012-yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatli oʻyinlari unga Turkiya ayollar milliy voleybol terma jamoasiga qabul qilinish imkonini bergan.
2012–2013-yilgi mavsumda u Yaponiyaning NEC Red Rockets klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan, shu tariqa Yeliz Başa Yaponiyada faoliyat yuritgan ilk turkiyalik ayol voleybolchi boʻlgan. Jamoasi bilan Yaponiyaning V.Ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan. 28 oʻyinning 23 tasida gʻalaba qozonilgan. Koʻplab oʻyinlarda “eng yaxshi oʻyinchi” deb topilib, jamoasining chempionlik unvonini qoʻlga kiritishida katta hissa qoʻshgan.
Keyingi mavsumda esa Janubiy Koreyaning Hyundai Hillstate klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan va shu bilan Koreyada oʻynagan ilk turkiyalik voleybolchi boʻlib tarixga kirgan.
Shundan soʻng yana Yaponiyaga qaytib, 2014—2016-yillarda NEC Red Rockets klubi tarkibida oʻynagan. 2016-yilning yozida Chexiyaning Agel Prostejov klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilning yanvarida esa Turkiyaning Halbank jamoasiga transfer sifatida oʻtgan.
Shaxsiy hayoti 2013-yilda Yeliz Başa Onur Başa bilan turmush qurgan. Klublari Beykozspor (2001—2002) (oʻsmirlar klubi) Beşiktaş (2002—2012) NEC Red Rockets (2012—2013) Hyundai Hillstate (2013—2014) NEC Red Rockets (2014—2016) Agel Prostějov (2016—2017) Halkbank (2017—2018) Gresik Petrokimia (2018) Jakarta PGN Popsivo (2018—2019) Nakhon Ratchasima (2019) (transfer) Đức Giang Hà Nội (2019) (transfer) Partizani Tirane (2019—2020) Llaneras de Toa Baja (2020) Nakhon Ratchasima (2020—2021) Bodrum Belediyespor (2021—2022) Anthea Vicenza (2021—2022) Bandung BJB Tandamata (2022) Creamline Cool Smashers (2022) Supreme Dhippaya Chonburi E-Tech (2022—2023) Bodrum Belediyespor (2023—2024) Cangrejeras de Santurce (2023—2024) Quảng Ninh (2024) San Diego Mojo (2024-) Mukofotlari Shaxsiy 2009 – Bolqon Kubogi: “Eng yaxshi hujumchi”, Beşiktaş bilan 2019 – Tailand–Daniya Super Ligasi: “Eng yaxshi tashqi hujumchi”, Nakhon Ratchasima klubi bilan 2020–2021 – Tailand Ligasi: “Eng yaxshi qarshi hujumchi”, Nakhon Ratchasima klubi bilan
Klub bilan 2003–04 – Turkiya ayollar voleybol ligasi: Ikkinchi o‘rin, Beşiktaş bilan 2008 – BVA Kubogi: Chempion, Beşiktaş bilan 2009 – BVA Kubogi: Chempion, Beşiktaş bilan 2014 – Koreya KOVO Kubogi: Chempion, Hyundai Hillstate bilan 2013 – Kurowashiki Yaponiyada barcha klublar o‘rtasida voleybol chempionati: Ikkinchi o‘rin, NEC Red Rockets bilan 2014–15 – Yaponiya Voleybol Ligasi/V.League/V.Premier League: Chempion, NEC Red Rockets bilan 2016–17 – Chexiya ayollar voleybol ekstraligasida: Chempion, Agel Prostějov bilan 2018–19 – Indoneziya Proliga: Chempion, Jakarta PGN Popsivo bilan 2018–19 – Tailand Ligasi: Chempion, Nakhon Ratchasima bilan 2019 – Tailand–Daniya Super Ligasi: Ikkinchi o‘rin, Nakhon Ratchasima bilan 2020–21 – Tailand Ligasi: Ikkinchi o‘rin, Nakhon Ratchasima bilan 2022 – Indoneziya Proliga: Chempion, Bandung BJB Tandamata bilan 2022 – Premier Volleyball League Reinforced Conference: Uchinchi o‘rin, Creamline Cool Smashers bilan.
Milliy terma jamoa bilan 2012 – Jahon Gran-prisi: Uchinchi o‘rin 2014 – Yevropa Ligasi: Chempion.
Manbalar
Havolalar
Yeliz Başa FIVB.comda Yeliz Başa Yevropa Voleybol Konfederatsiyasida Yeliz Başa Lega Pallavolo Serie A Femminile klubida (Italiya) Yeliz Başa V.League klubida (Yaponiya) Yeliz Başa WorldofVolleyda Yeliz Askan Başa - tvf-web.dataproject.com Yeliz Askan Başa - vleague.or.jp resmi sitesi
Turkum:Voleybolchilar Turkum:Turkiyalik sportchilar Turkum:Turkiyalik ayol sportchilar