Dradenau – Germaniyaning Gamburg shahri yaqinidagi Elbe daryosining yon irmogʻi boʻlgan. Shu kanal natijasida hosil boʻlgan ikki orol ham xuddi shu nom bilan atalgan: Gros Dradenau (Katta Dradenau) va Klein Dradenau (Kichik Dradenau).
1445-yilda graf Otto von Holstein Dradenau orollarini Gamburg shahriga sotganH. Laue und H. Meyer: Zwischen Elbe, Seeve und Este, Verlag Gustav Elkan, Harburg/Elbe, 1925, Bd. II, S. 14. 1840-yilga kelib esa ular xususiy mulk sifatida ijaraga berilganC. Walther: Dradenau und Tradenau, Mitteilungen des Vereins für Hamburgische Geschichte, Hamburg 1898/99, Bd. 19, S. 81. Unda 66 nafar aholi yashagan va ikkita ferma boʻlgan. Gamburg portini kengaytirish jarayonida Dradenau kanalining shimolida joylashgan boshqa kanal – Köhlfleet quritilib, orollar Gamburgning Waltershof hududi bilan tutashtirilgan. XIX asr oxiriga kelib kanal butunlay yoʻqolgan, bunga qum bilan toʻlib qolishi va Gamburg porti qurilishi sabab boʻlgan. Hozirgi kunda esa kanal oʻrnida Klärwerk Dradenau nomli oqava suvlarni tozalash inshooti mavjud. Yana qarang Gamburg daryolari roʻyxati Manbalar
Turkum:Germaniyadagi daryolar