Tuxumli salat – bu qattiq qaynatilgan yoki qovurilgan tuxumni mayda toʻgʻrab, unga xantal, mayonez, sabzavotlar, selder va zaytun qoʻshib tayyorlanadigan salat.

Unga turli ziravorlar hamda koʻkatlar qoʻshiladi va mayonez bilan aralashtiriladi. Tuzilishi va tayyorlanish usuli jihatidan tovuq salati, choʻchqa goʻshti salati, makaron salati, tunets salati, lobster salati yoki krab salatiga oʻxshaydi. Odatda tuxumli salat qattiq qaynatilgan tuxum, mayonez, xantal, mayda toʻgʻralgan selder va piyoz, tuz, qora murch va paprikadan tayyorlanadi. Bu salat koʻpincha tuxum sendvichlarning ichiga solinadi. Shuningdek, u yashil sabzavotlardan tayyorlangan salatlar ustiga qoʻshiladigan bezak sifatida ham ishlatiladi. Tarixi thumb|Kartoshka fri bilan berilgan tuxum sendvich Tuxumli salat sendvichlari uchun yozilgan ilk bosma retseptlardan biri 1896-yilda chop etilgan The Boston Cooking-School Cook Book kitobida keltirilgan bo‘lib, uni mashhur amerikalik oshpaz Fannie Farmer yozgan.

Turlari

Tuxumli salat turli sovuq mahsulotlar qo‘shish orqali ijodiy tarzda tayyorlanishi mumkin. Qo‘shimcha ingredientlar sifatida odatda bekon, bulg‘or qalampiri, kappar, pishloq, bodring, piyoz, salat barglari, tuzlangan sabzavotlar va hatto ketchup ishlatiladi.

Yahudiy oshxonasida tuxumli salat shmaltz (tovuq yog‘i), piyoz va ba’zan gribenes (qovurilgan tovuq terisi bo‘laklari) bilan tayyorlanadi. U ko‘pincha Shabbat kechki ovqatining birinchi taomi sifatida xalla noni bilan yoki matzo bilan birga tortiladi. 1980-yillargacha bu taom “Jewish eggs” (“yahudiycha tuxum”) nomi bilan ham tanilgan.

Manbalar

Turkum:Salatlar