Bahrom ad-Doiy (, shuningdek „Bahrom doiy [daʼvatchi]“) yoki Astarobodlik Bahrom, XII asrda yashagan fors millatiga mansub Nizoriy ismoiliylar vakili boʻlib, 1113-yildan 1128-yilgacha Suriyada Hashshoshiylarning bosh doiysi va yetakchisi boʻlgan. Damashqda nizoriylarning tayanch davlatini tuzish urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan boʻlsa-da, Shimoliy va Janubiy Suriyada nizoriylarning mavjudligini shakllantirishda muhim rol oʻynagan.
Faoliyati Bahrom Nizoriy ismoiliylar yetakchisi Abu Ibrohim Asadobodiy ismli shaxsning jiyani boʻlgan. Asadobodiy 1101-yilda saljuqiylar sultoni Barqiyoruq buyrugʻi bilan amalga oshirilgan qirgʻinlar chogʻida Bagʻdodda qatl etilganLewis, Bernard (1967), The Assassins, Perseus Books, New York, pp. 52–53, 104–106. Asadobodiy avvalroq Barqiyoruqning elchisi lavozimida xizmat qilganRichards, D. S., Editor (2010), The Chronicle of Ibn al-Athir for the Crusading Period from al-Kamil fi’l-Taʼrikh. Part 1, 1097–1146., Ashgate Publishing, Farnham, UK, pp. 40–47.
Oʻzidan avvalgi yetakchi Abu Tohir as-Sayigʻ qatl etilib, Halabda nizoriylar tugatilganidan soʻng, Bahrom Alamut qalʼasidan Suriyada nizoriylar tayanchini kengaytirish maqsadida yuborilgan.
Ibn al-Qalanisiyning Damashqda ismoiliylarning mavjudligi haqidagi asosiy manbasiga tayangan holda aytish mumkinki, Bahrom faoliyatini Suriyada yashirin tarzda yashab, targʻibotchilik qilishdan boshlaganGibb, N. A. R., Editor (1932), The Damascus Chronicle of the Crusades. Extracted and translated from the Chronicle of ibn al-Qalānisi, Luzac & Company, London, pp. 174–177, 179–180, 187–191.
Halabdagi nizoriylar qudrati 1123-yilda Artuqiylar amiri Belek Gʻoziy shaharni egallaganidan soʻng pasaya boshlagan. Ushbu amir 1124-yilda bu firqani shahardan quvib chiqargan.
Bahrom oʻz homiysi mardinlik artuqiy amir Ilgʻoziy tavsiyasi bilan Janubiy Suriyaga joʻnagan. Oʻsha paytda buriylar hukmdori Tugtegin tasarrufida boʻlgan Damashqda tayanch yaratishga harakat qilgan. Bu davrda, yaʼni 1125-yilda Damashq Baldvin II boshchiligidagi frank salibchilari tahdidi ostida edi. Homs hamda boshqa hududlardan kelgan ismoiliylar Tugtegin qoʻshinlariga qoʻshilib, 1126-yilda franklarga qarshi Marj as-Saffor jangida ishtirok etgan. Shu sababli Tugtegin Bahromni mamnuniyat bilan qabul qilgan. Tugteginning bosh vaziri Abu Ali Tohir ibn Said al-Mazdaqoniy () nizoriylarga moyil boʻlib, Tugteginni Damashqda bir daʼvat markazi (dar al-dava) hamda chegara qal’asi Baniasni Bahromga berishga koʻndirgan. Bahrom bu qal’ani qayta mustahkamlab, oʻz tayanchiga aylantirgan va u yerdan keng koʻlamli hujumlar uyushtirgan. Ehtimol, yana bir qancha hududlarni ham egallagan. 1128-yilga kelib ularning faoliyati shu darajada kuchayganki, Ibn al-Qalanisiy taʼrificha, „bu haqda ochiqcha gapirishga hech kim jur’at etmagan“. Shu bois Tugtegin Bahrom bilan boʻlgan munosabatlaridan xavotir ola boshlagan. Ibn al-Qalanisiy bu vaziyatda al-Mazdaqoniyni aybdor deb biladi, Ibn al-Asir esa Tugteginning oʻzini mas’ul deb hisoblaydiRichards, D. S., Editor (2010), The Chronicle of Ibn al-Athir for the Crusading Period from al-Kamil fi’l-Taʼrikh. Part 1, 1097–1146., Ashgate Publishing, Farnham, UK, pp. 260–261.
Oʻlimi Bahrom 1128-yilda Hermon togʻining gʻarbiy yon bagʻirlaridagi Vodiy at-Taymda mahalliy qabilalar bilan jang chogʻida halok boʻlgan. Uning vafotidan soʻng Damashqda ismoiliylarning mavqei pasaya boshlagan. Uning oʻrniga yana bir fors doiysi Ismoil al-Ajamiy tayinlangan. Manbalar
Turkum:Nizoriy doiylar Turkum:Nizoriy ismoiliylar davlati Turkum:Eronlik ismoiliylar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:12-asr eronliklari Turkum:Damashqliklar Turkum:Gorgonliklar Turkum:Nizoriy ismoiliylar—saljuqiylar munosabatlari Turkum:Nizoriy—saljuqiy urushlari ishtirokchilari