Ozarbayjon 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida — 2000-yilning 16–30-sentyabr kunlari Avstraliyaning Sidney shahrida boʻlib oʻtgan XXVII Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Ozarbayjon milliy olimpiya terma jamoasi Sidney Olimpiadasida 31 nafar sportchi bilan 8 ta sport turida ishtirok etdi.
Ozarbayjon milliy terma jamoasi Sidney Olimpiadasini 3 ta medal (2 oltin va 1 bronza) bilan yakunladi. Jamoa tarkibida stenddan otish bahslarida qatnashgan Zemfira Meftahətdinova va erkin kurash boʻyicha Namiq Abdullayev Sidney Olimpiadasi gʻolibiga aylanishdi. Boks turnirida qatnashgan Vüqar Ələkbərov esa bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Sidney Olimpiadasida 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga ega boʻlgan Ozarbayjon milliy olimpiya terma jamoasi medallar sifati boʻyicha 34-oʻrinni, medallar soni boʻyicha esa 50-oʻrinni egalladi.
Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevning 2000-yil 26-avgustdagi farmoniga asosan, Sidney Olimpiadasida medal qoʻlga kiritgan Ozarbayjon sportchilari va ularning murabbiylari uchun pul mukofotlari belgilandi. Farmonga koʻra, oltin medal sohibiga 225 million ₼ (murabbiyiga 115 million ₼), kumush medal sohibiga 135 million ₼ (murabbiyiga 65 million ₼), bronza medal sohibiga esa 70 million ₼ (murabbiyiga 35 million ₼) miqdorida mukofot belgilandi. Olimpiadadan soʻng 5 kishi “Shuhrat” ordeni, 2 kishi esa “Taraqqiyot” medali bilan taqdirlandi.
Medalchilar roʻyxati Ozarbayjon milliy olimpiya terma jamoasi XXVII Yozgi Olimpiada oʻyinlarini uchta medal (2 oltin va 1 bronza) bilan yakunladi.
MedalMedalchi Sport turi YoʻnalishSana Zemfira Meftahətdinova Oʻq otish Ayollar, stend 21-sentyabr Namiq Abdullayev Kurash Erkin kurash, 54 kg 30-sentyabr Vüqar Ələkbərov Boks Erkaklar, 75 kg 30-sentyabr
Jamoa tarkibi Ozarbayjon Sidney Olimpiadasida 8 sport turi boʻyicha 31 nafar sportchi bilan qatnashdi. Bu Ozarbayjonning Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokida sportchilar soni ortishining boshlanishi edi (1996-yilda 23 nafar edi). Jamoa tarkibidagi 31 sportchidan 6 nafari ayollar edi.
Ozarbayjon Milliy Olimpiya terma jamoasi tarkibi Ogʻir atletika: Elxan Süleymanov, Turan Mirzəyev, Nizami Paşayev, Taranə Abbasova Oʻq otish: Iradə Aşumova, Zemfira Meftahətdinova Boks: Mahaç Nurəddinov, Ruslan Xeyirov, Vüqar Ələkbərov, Əli İsmayılov, Məhəmməd Arifhacıyev Dzyudo: Elçin İsmayılov, Mehman Əzizov, Rəsul Səlimov, Zülfiyyə Hüseynova Kurash: Natiq Eyvazov, İslam Duquçiyev, Xviça Biçinaşvili, Namiq Abdullayev, Arif Abdullayev, Şamil Əfəndiyev, Elşad Allahverdiyev, Davud Məhəmmədov, Rəcəb Əşhəbəliyev Suya sakrash: Emin Cəbrayılov Suzish: Emin Quliyev, Alisa Xalıyeva Yengil atletika: Teymur Qasımov, Faiq Bağırov, Sergey Boçkov, Aidə İsayeva
Natijalar
Ogʻir atletika
Ogʻir atletika bahslari 16-26-sentyabr kunlari boʻlib oʻtdi.
Sportchi Vazn Siltab koʻtarish Siltab koʻtarish JamiOʻrin Natija Oʻrin Natija Oʻrin Elxan Süleymanov -62 kg 130.0 8 162.5 8 292.5 8 Turan Mirzəyev -69 kg 147.5 9 180.0 9 327.5 9 Nizami Paşayev -85 kg 155.0 12 202.5 12 357.5 12 Taranə Abbasova -52 kg 75.0 10 90.0 10 165.0 10
Galereya
Manbalar
Havolalar Ozarbayjon Milliy Olimpiya qoʻmitasining rasmiy sayti Namiq Abdullayev — Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi saytidagi profili Zemfira Meftahətdinova — Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi saytidagi profili
Turkum:2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar Turkum:Ozarbayjon Olimpiada oʻyinlarida