Shoh Ismoil Gʻozi (; 1474-yilda vafot etgan) XV asrda yashagan soʻfiy musulmon voizi boʻlgan, uning faoliyati Bengal bilan bogʻliq edi. U XV asr oʻrtalarida Rukunuddin Barbak Shoh hukmronligi davrida Bengalga kelib, mamlakat poytaxti Gavr shahriga joylashgan.

Hayoti Shoh Ismoil Gʻozi Makkada arablarning Quraysh qabilasida tugʻilgan va Paygʻambar Muhammadning avlodi edi. U Gavr shahriga joylashdi. Bu paytda sulton Rukunuddin Barbak Shoh Jhatiya-Bhatiya yoki Chutiaputia daryosi ustidan suv ombor toʻgʻoni barpo ettirayotgan edi. Barcha muhandis va ustalar yetti yil davomida urinib ham toʻgʻonni tugatishga muvaffaq boʻla olmadilar. Buni eshitganidan keyin Ismoil sulton huzuriga borib, bir yechim taklif qildi. Uning taklifi muvaffaqiyatli boʻlib chiqqach, Ismoil sulton qoʻshinining eng muhim sarkardalaridan biriga aylandi va koʻplab janglar uning boshchiligida gʻalaba bilan yakunlandi.

Harbiy faoliyati Shoh Ismoil Gʻozining birinchi harbiy yurishi janubi-gʻarbiy chegara oldida turgan Gajapati sulolasi hukmdori Prataparudra Devga qarshi boʻldi. Dastlab u Orissadagi Gajapati sulolasiga qarshi bir qancha harbiy yurishlarda muvaffaqiyatga erishdi va u yerda bir qalʼa qurdirdi. Kamatapur podshohi Kameshvar qoʻlidan magʻlubiyatga uchragach, Barbak Shoh Shoh Ismoilni yuborishga qaror qildi. Ismoil gʻalaba qozondi, podsho sultonga taslim boʻldi va islomni qabul qildi.

Vafoti Shoh Ismoil Gʻozining vafoti haqida ikki xil rivoyat bor. Ulardan biriga koʻra, u 1474-yilda urushda halok boʻlgan. Boshqa rivoyatga koʻra, koʻplab gʻalabalardan soʻng Gʻoragʻot qoʻmondoni Bhandsi Ray unga hasad qilib, sultonga Shoh Ismoil Gʻozi Kamrup rojasiga sherik boʻlayotgani haqida yetkazgan. Buni eshitgan sulton darhol Ismoilni milodiy 1474-yilda (hijriy 878-yilda) qatl etishga buyruq bergan. Avliyo xotirasiga bagʻishlangan olti ziyoratgoh mavjud: ulardan biri Mandaranda (Jhanabadda, Huglining gʻarbida), biri Gʻoragʻotda va toʻrttasi Rangpur viloyatidagi Pirganj tumanida boʻlib, ulardan biri Baradargada joylashgan.

Manbalar

Turkum:Bengal sultonligi amaldorlari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:1474-yilda vafot etganlar Turkum:Makkaliklar Turkum:Bengallik soʻfiy avliyolar Turkum:XV asr sarkardalari