Sharqiy Timor 2014-yil 7–23-fevral kunlari Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Bu mamlakatning Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi ilk ishtiroki boʻldi. Sharqiy Timor delegatsiyasi bitta erkak togʻ changʻichisi – Yohan Goutt Gonçalvesdan iborat edi. U ochilish va yopilish marosimlarida mamlakat bayrogʻdori boʻlgan.

Tarixi Sharqiy Timor 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga qadar qishki oʻyinlargsa hech qachon delegatsiya yubormagan edi. Mamlakat yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi rasmiy debyutini 2004-yilda Gretsiyaning Afina shahrida oʻtkazilgan oʻyinlarda amalga oshirdi.

Sharqiy Timorning yagona vakili Yohan Goutt Gonçalves Parij shahrida fransuz ota va timorlik ona oilasida tugʻilgan. Intervyulardan birida undan nima sababdan Fransiya togʻ changʻisi terma jamoasiga kirishga urinmagani soʻralganda, u bu haqda hech qachon oʻylamaganini, chunki Sharqiy Timor nomidan ishtirok etish oʻz mamlakati bilan aloqani yoʻqotmaslikning bir usuli ekanini taʼkidlagan. U oʻzida timorlik qon borligini va bu rishtani saqlab qolishni istashini bildirgan. Shuningdek, u Sharqiy Timor haqida „ijobiy tasavvur uygʻotishni“ maqsad qilganini qayd etgan.

2013-yil 29-dekabr kuni Serbiyada oʻtkazilgan musobaqada Yohan Goutt Gonçalves Xalqaro changʻi federatsiyasining kerakli reyting ochkolarini qoʻlga kiritishi ortidan oʻyinlarda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Mazkur natija uni Sharqiy Timordan boʻlgan sportchilar orasida Olimpiya oʻyinlariga ilk bor yoʻllanma olgan sportchiga aylantirdi. Avvalgi holatlarda yoʻllanmalar maxsus taklifnoma (wild card) orqali berilgan boʻlib, Goutt Gonçalves bunday taklifni qatʼiyan rad etgan edi.

Oʻyinlarda qatnashish uchun u 75 000 AQSh dollari miqdorida mablagʻ toʻplashi zarur boʻlgan, ushbu mablagʻning asosiy qismi uning oʻzi va oilasi tomonidan taʼminlangan. Sharqiy Timorning yagona vakili sifatida Goutt Gonçalves ochilish hamda yopilish marosimlarida mamlakat bayrogʻdorligi uchun tanlangan.

Togʻ changʻi sporti Sportchi Musobaqa 1-urinish 2-urinish Umumiy Vaqt Oʻrin Vaqt Oʻrin Vaqt Oʻrin Yohan Goutt Gonçalves Erkaklar slalom 1:09.01 77 1:21.88 43 2:30.89 43 Manbalar

Turkum:2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar