Butunrossiya musulmon ayollari qurultoyi 1917-yil 24–27-aprel kunlari Qozon shahrida boʻlib oʻtgan boʻlib, Rossiyadagi Fevral inqilobidan keyin musulmon ayollarning muhim forumi hisoblangan. U sobiq Rossiya imperiyasining turli hududlaridan, jumladan Qrim, Kavkaz, Turkiston, Litva va Sibirdan kelgan 72 nafar delegat va 300 ga yaqin tomoshabinni birlashtirgan. Qurultoy bir oy oʻtib Moskvada boʻlib oʻtgan ga tayyorgarlik vazifasini bajargan.
Ishtirokchilar orasida jamoat arboblari, yetuk oʻqituvchilar, universitet talabalari va bitiruvchilari, shuningdek, ishchi ayollar bor edi. Mashhur qatnashchilar orasida Xädiçä Yamaşeva, Salima Yoqubova, , Ilhamiya Tuxtarova, , Fatixa Aytova va Gulsum Asfendiyarova bor edi.
Qurultoyni uning raisi Xädiçä Yamaşeva ochib, shunday degan edi:Avvallari davlat bizga oʻzimizning huquqsiz va ezilgan ahvolimiz haqida gapirishni man etar edi. Endi esa sobiq tuzum qulagach, inqilob bizga ozodlikni berdi. [Rossiya musulmonlari] Markaziy byurosi nomidan men bu quvonchlik xabarni sizlar bilan baham koʻrmoqchiman va qurultoy aʼzolarini chin qalbimdan tabriklayman…
Qurultoyda qabul qilingan qarorlar va rezolyutsiyalar musulmon ayollarini ozod etish va ularning jamiyat hamda oiladagi ijtimoiy mavqeini oʻzgartirish jarayonining boshlanishi boʻldi. Eng muhim rezolyatsiyalardan biri „Islomda erkaklar va ayollarning tengligi toʻgʻrisida“ boʻlib, u uchta asosiy bandni oʻz ichiga olgan edi:.
Shariatga koʻra, erkaklar va ayollar tengdir. Shariatga koʻra, ayollar siyosiy va ijtimoiy faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega. Shuning uchun shariat asosida ayollar saylovlarda ishtirok etishlari mumkin. Shariatda ayollarning hijob kiyishi yoki yuzlarini berkitib yurishi haqida alohida buyruq yoʻq.
Oila va nikoh munosabatlariga oid ravishda, koʻpxotinlilikni taqiqlovchi, ayollarning taloq (ajralish) huquqini tasdiqlovchi hamda nikoh marosimida kelin va kuyovning shaxsan ishtirok etishini majburiy etib belgilovchi moddalar qabul qilingan.
Manbalar
Turkum:Ayollar huquqlari Turkum:Gender tengligiga aloqador maqolalar