Selma Xonimsulton (; 1916-yil 13-aprel — 1942-yil 13-yanvar) — Usmoniylar malikasi, Rauf Hayri bey va Hadicha Sultonning qizi.
Yoshligi Selma Xonimsulton 1916-yil 13-aprelda Ortaköydagi onasining villasida tugʻilgan. Uning otasi Rauf Hayri bey (1871–1936) Hayri bey va Belkis xonimning oʻgʻli, onasi Hadicha Sulton (1870–1938) esa Usmoniylar imperiyasi sultoni Murod V va Şayan Kadınning qizi edi.
1924-yil mart oyida Usmoniylar sulolasi vakillari surgun qilingach, Selma va uning oilasi Livanning Bayrut shahrida istiqomat qila boshladi. Uning ota-onasi 1918-yilda ajrashgan, surgunda esa otasi yuboradigan aliment hisobiga yashashgan. Biroq otasi kontrabanda mojarosiga aralashib qolib, ishidan boʻshatilgach va qamoqqa tashlangach, ular pulsiz qolishdi. Oilaning imkoniyatlari cheklangan boʻlsa-da, Selma zamonaviy didli yosh ayolga aylangan.
Nikohi
1932-yilda Fransiyada yashayotgan Usmoniylar oilasining ikki malikasi — Dürrüşehvar Sulton va Nilufar Xonimsulton uchun biryoʻla ikki nikoh masalasi hal qilindi. Oʻsha paytda dunyodagi eng boy odam deb hisoblangan Haydarobod Nizomi ularni oʻzining ikki oʻgʻliga unashtirib qoʻydi. Fransiyaning janubida oddiygina toʻy qilingach, ikki kelin Hindistonga yashash uchun joʻnab ketdi. Ogʻir sharoitda qolgan Hadicha qizini imkon qadar tezroq turmushga chiqarish borasida kuchli bosim ostida edi. Ammo qashshoqlashib qolgan turk imperiyasi oilasi vakillari uchun munosib kuyov topish juda qiyinlashgan edi. Taxminan 5 yildan soʻng Selma uchun Hindistonda kuyov topildi. Selma 1937-yilda Hindistonga borib, Kotvara rojasi Syed Sajid Husain Aliga turmushga chiqdi. Hindistonda Selma Kotvara ranisi va Usmoniylar imperiyasi malikasi sifatida Malika Selma unvonini oldi.
Biroq Istanbuldagi shohona hayot dabdabasi, soʻng kosmopolit Bayrut muhitida ulgʻaygan Selma yangi muhitga moslashishda juda qiynaldi. Ularning nikohi baxtli kechmadi. 1939-yil yozida birinchi farzandiga homilador Selma yaqinlashib kelayotgan tugʻruq bahonasi bilan Parijga yoʻl oldi. Unga faqat Usmoniylar oilasining sodiq xizmatchisi, Hindistonga u bilan birga kelgan Zeynel ogʻa ismli hadim hamroh boʻldi. Ikkinchi Jahon urushi tez yaqinlashib kelar ekan, uning mablagʻi tugab qoldi. Uning qizi Kenizé Murod oʻsha yil 11-noyabrda tugʻildi. Selma eriga xabar bermadi, buning natijasida qaynotalari bolani oʻlik tugʻilgan deb oʻylashdi.
Vafoti 1942-yilda jahon urushi avjiga chiqqan edi. Har qanday manbalardan uzilib qolgan Selma oʻta qashshoqlikda yashadi. Oʻsha qishda u ogʻir kasal boʻlib qoldi va oxir-oqibat 1942-yil 13-yanvarda sepsisdan vafot etdi. Vafotidan keyin malika Parijdagi Bobigny qabristoniga dafn qilindi.
Farzandlari Ism Tugʻilgan sana Izohlar Kenizé Murod 1939-yil 11-noyabr Fransiyaning Parij shahrida tugʻilgan Parij, turmush qurmagan va farzandsiz.
Nasabi
Manbalar
Turkum:1914-yilda tugʻilganlar Turkum:1942-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari