Amarissa Kiara Tóth (2003-yil 10-fevralda Vengriyada tugʻilgan) — vengriyalik tennischi.
2015-yil 9-iyunda sportchi WTA reytingida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 275-oʻrinni, 2022-yil 3-oktyabrda juftlik yoʻnalishi boʻyicha 264-oʻrinni qayd etgan. Bu uning sport faoliyatdagi eng yuqori natijalari hisoblanadi.
Tennischi WTA Tur musobaqalari asosiy toʻr bahslaridagi ilk ishtirokini 2021-yilgi Budapesht Grand Pri turnirida amalga oshirgan. Tóth bu musobaqaning juftlik bahslariga yoʻllanma olgan.
2023-yilgi Budapesht Grand Pri turnirining 1/16 finalida Tóth xitoylik tennischi Zhang Shuaiga qarshi oʻyin vaqtida, Zhangning zarbasi hakam tomonidan maydondan tashqariga tushgan deb topilgach, garchi Zhang Tóthdan izni oʻchirmaslikni bir necha marta soʻragan boʻlsa ham Tóth toʻp izini oʻchirib yuborgan. Zhang zarba maydonga tushganini qatʼiy taʼkidlagan (koʻrinishidan shunday boʻlgandek) va voqeadan koʻp oʻtmay, kuchli vahima xurujini sabab qilib, oʻyinni davom ettirishdan voz kechgan. Tóthning sportchiga xos boʻlmagan xatti-harakati uchun uni koʻplab oʻyinchilar va muxlislar qoralagan. Voqeadan bir necha kun oʻtgach, Tóth oʻz harakatlari uchun uzr soʻragan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Vengriyalik ayol tennischilar Turkum:Tennis mojarolari Turkum:21-asr venger ayol sportchilar Turkum:21-asr vengriyalik ayol sportchilar