Mina Sadati (; 1981-yil 24-noyabrda tugʻilgan) — eronlik aktrisa. 2015-yilda suratga olingan „Loneliness of Leila“ (Leylaning yolgʻizligi) filmidagi Leyla roli bilan tanilgan.

Yoshligi va faoliyati Mina Sadati 1981-yil 1-dekabrda Tehronda tugʻilgan. 1999-yilda Sanʼat universitetiga oʻqishga kirgan. Ushbu universitetda bakalavr va magistrlik bitiruv ishlarini kino mavzusiga bagʻishlagan. Sadati Tehron universitetining Tasviriy sanʼat fakultetida grafik dizayn yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olgan. Uning aktyorlik faoliyati teatrda boshlangan. Keyinroq u kinorejissyorlik va qisqa metrajli filmlar boʻyicha avvalgi darslar bilan bir qatorda Abbos Kiarostamining ustaxonasida ham tajriba orttirgan. 2007-yilda, 26 yoshida Sadati Husayn Gʻanat rejissyorligida suratga olingan „The Wound of Eveʼs Shoulder“ filmi bilan kinodagi debyut rolini ijro etgan. Bir yildan soʻng u „Carat 14“ filmidagi roli bilan ommaga kengroq tanila boshlagan.

2014-yilda Sadati Majid Majidiyning tarixiy „ Muhammad: The Messenger of God“ (Muhammad: Xudoning elchisi) filmida Muhammad paygʻambarning onasi Omina binti Vahb rolini ijro etgan. Rolga tayyorgarlik koʻrish uchun u qahramon haqida koʻplab asarlar mutolaa qilgan.

2017-yil fevral oyida boʻlib oʻtgan 35-Fajr kinofestivalida Sadati yana bir muhim natijani qayd etdi. 2015-yilda 34 yoshida u Muhammad Husayn Latifiy rejissyorligida suratga olingan „Leilaʼs Loneliness“ serialida oʻzining debyut rolini ijro qilgan va aynan shu rol unga katta shuhrat keltirgan. U „Minaʼs Possibility“ (2015) hamda „Hot Summer“ (2016) kabi filmlarda ham muvaffaqiyatli rol ijro etgan. Aktrisa ushbu rollaridan soʻng Fajr kinofestivalida mos ravishda „Eng yaxshi aktrisa“ va „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ uchun taqdim etiladigan „Billur Simurgʻ“ nominatsiyalariga sazovor boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Mina Sadati, Kann kinofestivali Mina Sadati SourehCinema saytida (fors tilida)

Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Feminist rassomlar Turkum:Eronlik feministlar Turkum:Tehronlik aktrisalar Turkum:Eron kino aktrisalari Turkum:Tehron universiteti bitiruvchilari