Saara Sofia Aalto (1987-yil 2-mayda tugʻilgan) — finlandiyalik qoʻshiqchi, bastakor va dublyaj aktrisasi.
Saara 2012-yilda The Voice of Finlandning birinchi mavsumida ikkinchi oʻrinni egallagan.
2016-yilda Aalto The X Factor UK tanlovining oʻn uchinchi mavsumida finalgacha yetib borib, ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Mazkur natija unga xalqaro miqyosda katta shuhrat keltirdi.
2018-yilda Aalto Eurovision qo‘shiq tanlovi 2018 tanlovida Finlyandiya nomidan ishtirok etdi. U final bosqichiga yoʻllanma olib, yakunda 25-oʻrinni egalladi. Shu yilning oʻzida u X Factor Suomi dasturida hakam sifatida faoliyat boshladi. 2019-yilda esa Dancing on Ice shousida qatnashib, uchinchi o'rin bilan shohsupadan o'z o'rnini egalladi.
Dastlabki hayoti
Saara Aalto Finlyandiyaning Oulunsalo shahrida tugʻilgan. Qoʻshiqchimiz musiqasevar oilada voyaga yetgan. Asli Odessa shahrida tugʻilgan pianist va pedagog Olga Maslakdan fortepiano saboqlarini olgan.
Aalto oʻzining ilk qoʻshigʻini besh yoshida yozgan. Uning bobosi rassom va hujjatli filmlar rejissyori Eeli Aalto, amakisi esa taniqli illyuzionist Simo Aalto.
1998-yilda, 11 yoshli Aalto Kotka dengiz festivali doirasida oʻtkazilgan bolalar qoʻshiq tanlovida oʻzi yaratgan kompozitsiya bilan gʻolib boʻldi. 2003-yilda esa AQShda tashkil etilgan Charlotte Church nomidagi xalqaro qoʻshiq tanlovida ham oʻzining mualliflik asari bilan birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
2004-yilda Aalto Finlyandiya vakili sifatida Ruminiyada oʻtkazilgan Golden Stag Festivalida ishtirok etdi.
Shundan soʻng musiqaga ixtisoslashgan Madetoja oʻrta maktabida tahsil olib, 2005-yilda tamomladi. Maktabni bitirgach, musiqa taʼlimini davom ettirish maqsadida Helsinki shahriga koʻchib oʻtdi. U yerda Sibelius Yan nomidagi Sibelius akademiyasida musiqa yoʻnalishida tahsil oldi hamda shu bilan bir vaqtda Helsinki Pop & Jazz konservatoriyasida vokal sanʼatini oʻrgandi.
Manbalar
Turkum:Finlandiyalik qo'shiqchilar